Lui van Gaal: "Yanuzayga ijara kerak emas, u MYU futbolchisi"
26 dek 2014 20:19
Yangiliklar


Lui van Gaal: "Yanuzayga ijara kerak emas, u MYU futbolchisi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal Adnan Yanuzayga boshqa jamoa safida o'yin amaliyoti shart emaligini aytib o'tdi.
"Yo'q, unga boshqa jamoada o'yin amaliyotini oshirib qaytish shart emas. Yanuzay - MYU futbolchisi", - deydi javob berdi gollandiyalik murabbiy.
19 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 11 o'yinda maydonga tushdi. Ammo raqiblar darvozasini ishg'ol eta olgani yo'q.
Avvalroq, futbolchini Ayaks, Inter, Real Sosedad va PSJ jamoalaridan biri ijaraga olishlari mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Fikrlar