Lovren: "Nega "Liverpul" "Real"dan qo'rqishi lozim? Kerak bo'lsa ular bizdan qo'rqishsin" Yangiliklar

Lovren: "Nega "Liverpul" "Real"dan qo'rqishi lozim? Kerak bo'lsa ular bizdan qo'rqishsin"

Teglar :  Deyan Lovren
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppning klub mentalitetiga tasiri borasida gapirib berdi hamda "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi haqida fikr bildirdi.

"Bizni Kloppdek murabbiy shug'ullantirayotganidan barchamiz faxrlanishimiz kerak. U "Liverpul"dagi ishi davomida nafaqat futbolchilar, balki klub bilan bog'liq bazi boshqa narsalar, masalan mentalitet va fikrlash tarzini o'zgartirdi. Buni hamma his qilmoqda.

Finalga chiqish - katta muvaffaqiyat, bu har bir futbolchining orzusi. "Liverpul"da o'ynash - katta sharaf va endi o'zimizni finalda ko'rsatishga harakat qilamiz. "Real" - o'ziga ishongan jamoa. Biroq bu bizni havotirga solmaydi, hozir faqat o'z ishimiz haqida o'ylayapmiz. Nega "Liverpul" ulardan qo'rqishi lozim? Kerak bo'lsa ular bizdan qo'rqsin" - deydi Lovren.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика