Lovren APL chempionligi uchun kurash haqida: "Har mavsum "Liverpul" borgan sari tajribaliroq bo'lib bormoqda"
28 okt 2019 20:50
Yangiliklar


Lovren APL chempionligi uchun kurash haqida: "Har mavsum "Liverpul" borgan sari tajribaliroq bo'lib bormoqda"
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren APL chempionligi poygasi haqida gapirdi.
"Har mavsum borgan sari tajribaliroq bo'lib boryapmiz. Yaqin yillar ichida shu narsa malum bo'ldiki, "Liverpul" ko'p narsalarni o'rgandi va qanday bosim ostida o'ynay olishimiz mumkinligini tushunib etdi. Jamoa bunday tajribani o'tgan yilning o'zidayoq boshidan o'tkazgani uchun ancha ko'nikib qoldi. Bizga nim kerakligini yaxshi bilamiz, lekin avval aytganimdek, keling 6-7 oy oldinda turgan narsalar haqida gaplashmaylik. O'yindan o'yinga harakatni kuchaytirib boramiz. Bu g'alabaning kalitidir", - deydi Lovren.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar