Loris "Tottenxem" sardori bo'lmaydi

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 11:31
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris mast holda avtomobil boshqargani uchun jazolandi.

"Mirror" xabariga ko'ra, shu sababli "Tottenxem" francuzdan sardorlik bog'ichini olib qo'ydi. Shuningdek, kiper 600 ming funt jarimaga tortildi.

Endi jamoaning sardori Yan Vertongen bo'ladi. Lorisning ishlari bo'yicha sud 11 sentyabrda bo'ladi. U garovga pul berilgani uchun qamoqdan ozod qilingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror