Loris: “Tezkor gol “Liverpul”ga katta ishonch bag'ishladi”
02 iyu 2019 08:29
Yangiliklar


Loris: “Tezkor gol “Liverpul”ga katta ishonch bag'ishladi”
“Tottenhem” posboni Ugo Loris ECHL finalida “Liverpul”ga uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
“Juda tezkor gol raqibga katta ishonch baxsh etdi. Bu aniq. Hammasi vaziyatni va hal qiluvchi vaziyatlarni aql bilan boshqarishga bog'liq. Biz kuchli bo'lishimizga qaramay, hal qiluvchi vaziyatlarni samarali yakunlay olmadik.
Tezkor goldan keyin ham jamoaviy o'yin borasida yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Ammo o'yinni bu taxlit davom ettirish oson emasdi. Aytish mumkin bo'lsa, bu og'riqli holat. Umuman olib qaraganda, yana bu kabi imkoniyatga ega bo'lish bo'lmasliging haqida sen hech qachon bilolmaysan”, deya Lorisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar