So’nggi yangiliklar

12:25Отабек Жўраев: "Кубок финалига чет эллик ҳакамларни таклиф қилиш керак эди. Масалан, Италиядан. Дон Фабио ёрдам берган бўларди деб ўйлайман"  1 11:50Суперлиганинг 26-тур ўйинларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 11:35Абдуқодир Ҳусанов кечаги ўйиндаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 10:43МЮ 21 миллионга сотган футболчисини "Барселона" 90 миллионга сотиб олиши мумкин  2 10:20Шаҳбоз Жўрабеков: "Поезд кетиб бўлди, вақт ортга қайтмайди"  10 09:52​Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким ютқазиш учун ўйнамайди. Элит ОЧЛда яхши ўйнаш керак, аммо..."  2 09:37"Барселона" юлдузи узоқ муддатга сафдан чиқди  5 09:11Андижон ҳокими, Ортиқхўжаев ва Аҳмедов. "Пахтакор"га кубок топширилган тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  18 09:00Мадриднинг "Реал" клуби Винисиуснинг келажаги борасидаги позицияси маълум   11 08:32ОЧЛ 2. "Андижон" гуруҳида пешқадам ўзгарди  3 08:06Англия лига кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  4 08:05Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Бухоро" 1:0  10 07:37Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади  11 03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  1 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0

Loran Blan: "Jahon chempioni nimaligini jahon chempioni bo'lganlar yaxshi tushunadi" Yangiliklar

Loran Blan: "Jahon chempioni nimaligini jahon chempioni bo'lganlar yaxshi tushunadi"

Bundan yigirma yil muqaddam Franciya terma jamoasi o'z maydonida bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqqanida PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hali dunyoga kelmagandi.

JCH-98 finali 12 iyul kuni o'tkazilgan bo'lsa, Mbappe o'sha yilning oxirrog'ida - 20 dekabr kuni tug'ilgan.

O'sha mundialda Franciya terma jamoasi sardori sifatida Loran Blan harakat qilgandi. Uning Paragvayga qarshi kechgan 1/8 final uchrashuvida "oltin gol"ni urganini yoshi katta ishqibozlar yaxshi eslaydi. Xorvatiya bilan kechgan yarim final o'yinida esa u qizil kartochka olib maydonni tark etgan, shu bois hal qiluvchi finalni o'tkazib yuborgandi.

Loran Blan futbolchilik faoliyatiga yakun yasagach, murabbiylik ishiga kirishdi. U professional murabbiy sifatida  dastlab "Bordo"ni boshqargan bo'lsa, 2010-2012 yillar mobaynida Franciya termasiga ustozlik qildi. 2013 yildan 2016 yilgacha esa PSJni boshqardi. Yaqinda Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, JCH-98dagi g'alabali onlarni yodga oldi.

- Franciyada o'tkazilgan 1998 yilgi jahon chempionatidan beri oradan 20 yil vaqt o'tdi. Uchta so'z bilan ifodalanganda o'sha musobaqadan qanday xotiralar qolgan?
- Uchta so'zmi? Birinchisi, mehnat va aytish mumkinki, katta hajmdagi mehnat. Biz mudialga zo'r ishtiyoq bilan hozirlik ko'rgandik. Ayniqsa jismoniy tayyorgarlik ustida ko'p ishlaganmiz. Masalan, final o'yinini yodga oling, biz Braziliyadan qanchalik kuchli bo'lganimizni ko'rasiz.

Jismoniy holati yaxshi jamoalar bunday turnirlarda uzoqqa bora olishadi. Ikkinchisi, quvonch. O'shanda butun Franciya birlashgandi, muxlislar ham xursand edi. Bir so'z bilan aytganda, biz hammaga quvonch ulashganmiz. Uchinchisi esa g'alaba. G'alabani hech nima bilan taqqoslab bo'lmaydi. G'alaba sportdagi eng muhim omil. G'oliblik uchun ko'p jamoalar kurashadi, lekin chempion bitta bo'ladi. Jahon chempionatini yutish qanday hissiyotlarni taqdim etishini faqat jahon chempioni bo'lib ko'rgan futbolchilargina biladi.

- Siz Paragvay bilan kechgan chorak final o'yinida "oltin gol"ni kiritgansiz. Mana shu o'yinni yana qanday eslaysiz?
- Gol urgunimcha bahs juda qiyin kechayotgandi. Raqib bizga ancha jiddiy qarshilik ko'rsatgani esimda. Paragvay bilan kechgan bash biz to'pni o'zimiz nazorat qila olmagan musobaqadagi yagona uchrashuv hisoblanadi. Lekin yakunda g'alabaga erishganmiz va shundan so'ng chempion bo'la olishimizni his qilganmiz.

- Xorvatiyaga qarshi kechgan yarim finalda sizga qizil kartochka ko'rsatilgandi. Finalni o'tkazib yuborishdan qanchalik xafa bo'lgansiz?
- Men buni 20 yil oldin ham aytganman va hozir ham qaytarishga tayyorman: o'shanda xato qilganman. Biz shundoq ham jarima to'pi tepish imkonini qo'lga kiritgandik, lekin nimadir bo'ldi-yu, borib Slaven Bilichning yuziga musht tushirdim. Hakam esa meni chetlatdi. Nima ham derdim, bu ham o'yinning bir qismi. Esingizda bo'lsa, biz 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgandik. O'sha jahon chempionatida biz birinchi bo'lib aynan Xorvatiyadan gol o'tkazganmiz. SHunga qaramay, keyinchalik hisobni tenglashtirdik va hatto ikkinchi golni ham urganmiz.

- Hozirgi Franciya terma jamoasida hujum chizig'i ancha kuchli. 1998 yilgi jamoada esa himoya kuchli edi, to'g'rimi?
- Ha, shunday. Ammo hujum chizig'ing kuchli bo'lishi har doim yaxshi. CHunki futbol o'ynashdan maqsad gol urib g'alaba qozonishdir. Lekin bu o'rinda himoyani ham unutmaslik kerak. CHunki bazi o'yinlarda gol o'tkazgandan keyin hisobni tenglashtirish juda qiyin kechadi.

- Franciyaning hozirgi avlodi yana jahon chempionatini yutishga qodirmi?
- Futbolchilarda iqtidor bor. Qolaversa, hujumda boshqalarga nisbatan kuchlimiz. Ammo aksar o'yinchilar hali pishib etilmagan va ko'pchiligi yosh. Ishtiyoq esa kuchli va bu ham muhim omil kasb etadi. Agar tajriba bilan yoshni muvofiqlashtira olsak, bemalol bu jamoadan katta natijalarni kutamiz. Hammasi o'zimizga bog'liq. Lekin shuni unutmaylikki, bu yilgi JCHda favoritlar etarlicha.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика