Loran Blan: "Ertaga eng yaxshi tarkib maydonga tushadi"
07 dek 2015 23:15
Yangiliklar
Loran Blan: "Ertaga eng yaxshi tarkib maydonga tushadi"
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan "SHaxtyor"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Guruhda birinchi o'rin uchun kurasha olmaganimiz chakki bo'ldi. Ertaga g'alaba qozonsak ham vaziyat o'zgarmaydi. Umid qilamanki, quradan so'ng biz ranjimaymiz. "Real" bilan bo'lgan o'yinda juda g'alati gol o'tkazib yuborganimiz juda alamli bo'ldi. Endi buni o'ylashdan naf yo'q. Ertaga juda yaxshi shakllangan jamoaga qarshi saf tortamiz. Ularda juda yuqori malakali futbolchilar to'p tepishadi. Ishonch bilan aytamanki, ertangi bahsda eng yaxshi tarkib maydonga tushadi. Guruh bosqichini yuqori notada yakunlashimiz lozim. Futboldan zavf olish kerak. Biz ertaga faqat g'alabani ko'zlab o'ynaymiz", - dedi Loran Blan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar