Loran Blan: “Benfika”ga qarshi o'yinda, jamoada o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi”
11 dek 2013 12:16
Yangiliklar


Loran Blan: “Benfika”ga qarshi o'yinda, jamoada o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi”
“PSJ” klubi bosh murabbiyi Loran Blan, jamoasining CHempionalr ligasi guruh bosqichi doirasida “Benfika”ga qarshi ko'rsatgan o'yinidan (1:2) qoniqmadi.
- Birinchi bo'limda qilishimiz kerak bo'lgan ishni qildik. Gol urishga imkoniyatimiz bo'ldi va buni bajardik ham. Ammo ikkinchi bo'limda jamoada o'ziga bo'lgan ishonch etishmadi. Ushbu o'yinda bir nechta muhim bo'lmagan o'yinchilarni maydonga tushirgan bo'lsamda, ularning tajribasi g'alaba qozonishimiz uchun etarli edi. Jamoani faqatgina asosiy tarkib o'yinchilari bilan baholash kerak emas. O'yindan qoniqmadik, ammo mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak, - mutaxassisning so'zlarini keltiradi “PSJ” rasmiy sayti.

Fikrlar