Lopetegining otasi: "O'g'limdan kamida 50 ta golni o'g'irlashdi"

Omonjon To`xtamirzayev
30 okt 2018, 15:50
"Real" bosh murabbiyi otasi Xose Antonio Lopetegi yozda Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga transferi borasida fikr bildirdi.

"Krishtianu Ronaldu ajoyib futbolchi, u har mavsum o'rtacha 50 tadan gol urardi. Endi esa jamoada u kabi bombardir yo'q.

Agar Neymar yoki boshqa kimdir kelganda, ammo hech qanday xarid qilinmadi... O'g'limdan shunchaki 50 ta golni o'g'irlashdi.

Xulen qo'l ostidagi futbolchilar bilan kifoyalanishga majbur. Shunda ham u shogirdlaridan mamnun: "Jamoada ajoyib futbolchilar bor, ular bor kuchlarini berishmoqda". O'yinchilarni ayblamang. Material yo'q bo'lsa, uni yo'q deyish kerak. To'purar bor edi, ketdi, endi u yo'q.

Xulen doimo kuchli va kamtar inson bo'lgan. Fantaziyaga berilish – bizning oilamizga xos bo'lmagan jihat. Biz har qanday vaziyatda ham boshqa odamlar haqida yomon gapirmaymiz.

Ishlar orqaga kyetib, hech nima o'xshamasa murabbiy aybdor bo'ladi, lekin... Doim ham bu to'g'ri fikr bo'lmaydi. Bu faqatgina mening yoki o'g'limning fikri emas", – dedi Xulen Lopetegining otasi "El Mundo"ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru