Lopetegi "Sevilya"ning "Selta"ga qarshi o'yindagi kambeki haqida gapirdi
13 apr 2021 14:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630704_original.jpg)
![](/upload/storage/630704_220.jpg)
Lopetegi "Sevilya"ning "Selta"ga qarshi o'yindagi kambeki haqida gapirdi
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya chempionati 30-tur doirasidagi "Selta" (4:3)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Biz to'pga yaxshi egalik qiladigan va ajoyib hujumchilari bor jamoaga qarshi qiyin o'yinni kutgan edik.
Balki biz bunday miqdordagi golni va qilmaslik mumkin bo'lgan xatolarni kutmagandirmiz, ammo bizda barchasini to'g'irlash uchun mentalitetimiz qolgan edi. Biz ishondik va o'yinni kuchaytirganimiz orqali mukofot oldik", - deydi Lopetegi.
"Sevilya" shundan so'ng etakchi "Atletiko" bilan oradagi farqni 6 ochkogacha qisqartirdi va jadvalda 4-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar