Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari "Lacio" hujumchisiga qiziqmoqda
15 iyu 2021 13:03
Yangiliklar


Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari "Lacio" hujumchisiga qiziqmoqda
"Arsenal" va "Tottenxem" Rimning "Lacio" klubi hujumchisi Xoakin Korreaga qiziqmoqda.
London klublari argentinalik futbolchi uchun 48 million evrodan voz kechishlariga to'g'ri keladi. "Lacio" futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
"Arsenal" Korrea bo'yicha 17 million evrolik taklif berdi, ammo u rad etildi.
Xoakin Korrea o'tgan mavsum "Lacio" safida 38ta o'yinda maydonga tushdi, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar