"Lokomotiv"ning yangi titul homiysi elon qilindi
31 jan 2018 11:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/303503_original.jpg)
![](/upload/storage/303503_220.jpg)
"Lokomotiv"ning yangi titul homiysi elon qilindi
Endilikda "Lokomotiv" jamoasi o'zaro hamkorlik kelishuvi asosida yangi titul homiyga ega bo'ldi. Yurtimizda o'z o'rniga ega sanaladigan banklardan biri – “Orient Finans Bank” muvaffaqiyatli yakunlangan muzokaralar jarayonidan so'ng "Lokomotiv" jamoasining yangi titul homiysiga aylandi. SHu tariqa, 2018 yilgi mavsumda amaldagi O'zbekiston chempioni "Orient Finans Bank" yozuvi tushirilgan liboslarda maydonga chiqadi.
Bilasiz, "Lokomotiv" professional futbol klubining bosh homiysi – "O'zbekiston temir yo'llari" AJ sanaladi va shu paytga qadar jamoa aynan bosh homiy yozuvi tushirilgan formalarda o'ynar edi. Imzolangan ikki tomonlama o'zaro foydali shartnomaga ko'ra esa endi "Lokomotiv" jamoasi libosida yangi titul homiy – "Orient Finans Bank" logotipi o'rin oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar