"Lokomotiv"ning "Buxoro" bilan o'rtoqlik o'yini bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2016, 21:29
Yangi mavsumga hozirlikni Toshkentda davom ettirayotgan "Lokomotiv" ertaga, 29 dekabr kuni "Buxoro"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi lozim edi.

O'yin bo'ladigan joy avvaliga TTYMI stadioniga belgilangandi, biroq qor yoqqani tufayli, u yerdagi maydon tabiiy emasmi, TTYMIda o'yin o'tkazish fikridan voz kechildi.

Keyinchalik bahs "Oq-tepa" sun'iy maydonida bo'lishi rejalashtirildi, lekin ayrim sabablarga ko'ra, u yerda ham o'ynalmaydigan bo'ldi. Natijada "Lokomotiv" va "Buxoro" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz