"Lokomotiv"ning "Al Hilol" bilan o'yinga tayyorgarligi davom etmoqda
21 may 2016 20:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/208756_original.jpg)
![](/upload/storage/208756_220.jpg)
"Lokomotiv"ning "Al Hilol" bilan o'yinga tayyorgarligi davom etmoqda
Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan mazkur bahsga "temiryo'lchilar" tayyorgarlikni jiddiy tarzda olib borishmoqda.
17 may kuni Ar Riyod shahrida bo'lib o'tgan bahsda 0:0 hisobi qayd etilgandi. "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan javob bellashuvida "Loko"ni faqat g'alaba qoniqtiradi. Jamoamizning maqsadi Toshkentda "Al Hilol"ni engib, keyingi bosqichga yo'l olish.
"Temiryo'lchilar" juda muhim o'yinga tayyorgarlikni TTZdagi "Lokomotiv" stadionida olib borishmoqda. Barcha yigitlar g'alaba ilinjida astoydil mehnat qilishyapti. Hammaning maqsadi bir - "Al Hilol"ni mag'lub etib, o'zbekistonlik muxlislarga quvonch ulashish. Zero, bu yilgi chempionlar ligasida barchaning etibori faqat "Lokomotiv"ga qaratilgan.
Eslatib o'tamiz. 24 may kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar