“Lokomotiv”ni 2022 yilda Pro ligaga ravona qilgan futbolchi klub bilan shartnoma imzoladi
03 jan 2024 20:15
Yangiliklar
“Lokomotiv”ni 2022 yilda Pro ligaga ravona qilgan futbolchi klub bilan shartnoma imzoladi
Sardor Abdunabiev "temiryo'lchi"ga aylandi.
Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'tgan mavsumni "Andijon" safida o'tkazgan qanot yarim himoyachisi Sardor Abdunabiev bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o'tamiz, Sardor Abdunabiev 2022 yilda Superliga pley-off o'yinida "Lokomotiv " darvozasiga g'alaba golini urib, "Turon"ni superligaga olib chiqqandi. "Temiryo'lchilar" esa Pro ligaga ravona bo'lishgandi.
Malumot uchun, Sardor Abdunabiev 1999 yil 10 fevral kuni tavallud topgan. Faoliyati davomida OKMK, "Turon", "Neftchi" va "Andijon" klublarida harakat qilgan futbolchi endi "Lokomotiv" o'yinchisiga aylandi.
Fikrlar