So’nggi yangiliklar

22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  0 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3

"Lokomotiv"dan Superliga-2019 yakunlari. Kim qancha o'ynadi? Yangiliklar

"Lokomotiv"dan Superliga-2019 yakunlari. Kim qancha o'ynadi?

"Lokomotiv" yakuniga etgan mavsumni ikkinchi o'rinda tugatdi.

Ketma-ket uch yil (2016, 2017, 2018) chempionlikni qo'lga kiritgan "temiryo'lchilar" bu safar kumush medallar bilan cheklanishdi. Quyida Superliga-2019 raqamlariga to'xtalib o'tamiz. 

- Superligada 26ta o'yin o'tkazgan "Loko" shundan 13tasida zafar quchib, 10 marta durang o'ynadi va 3ta bellashuvda imkoniyatni boy berdi. To'plar farqi 40-17 ko'rinish oldi. Jamoamiz joriy chempionatda 49 ochko to'pladi. 

- "Lokomotiv" mavsumni ikki murabbiy qo'l ostida o'tkazdi. 1-12 turlar Andrey Fyodorov boshchiligida o'tgan bo'lsa, 13-turdan boshlab chempionat oxirigacha Samvel Babayan asosiy jamoaga ustozlik qildi. 

- Andrey Fyodorov "Loko" bilan bu mavsum Superligada 7ta g'alabaga erishdi. Uchta durang qayd etib, ikki o'yinda imkoniyat boy berildi. Safarda "Dinamo" bilan kechgan bahsdan so'ng Fyodorov o'z lavozimini tark etdi. 

- Samvel Babayan qo'l ostida 14ta o'yin o'tkazgan "temiryo'lchilar" shundan 6tasida g'alabaga erishib, 7 bor durang o'ynashdi va faqat bitta bahsda mag'lubiyatga uchraldi.

- "Lokomotiv" bu yil 4ta jamoani ham uyda, ham safarda mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bular - "Nasaf", "Navbahor", "Andijon" va "Buxoro". Qizig'i shundaki, "temiryo'lchilar" mana shu jamoalardan umuman gol o'tkazishmadi. 

- "Loko" 2-turdan boshlab 6-turgacha qatorasiga 5ta o'yinda zafar quchdi. Navbati bilan "Navbahor" (1:0), "Andijon" (4:0), AGMK (2:1), "Buxoro" (2:0) va "Qizilqum" (3:1) klublari mag'lub etildi. 

- Bu yil 18-21 turlar oralig'ida ketma-ket 4ta durang kuzatildi. Safarda "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "Qizilqum" va uyda "Metallurg" bilan kechgan bahslarning hammasi 1:1 hisobida yakun topdi. 

- Superliga-2019da "Loko" safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar Anzur Ismilov bilan Jamshid Iskanderov bo'lishdi. Anzur Ismoilov 26ta turning barchasini almashtirishsiz o'tkazdi. Iskanderov ham 26ta o'yinda maydonga tushdi, biroq maydonda harakat qilgan daqiqalari biroz kamroq bo'ldi. 

- "Lokomotiv" tarkibida eng ko'p gol urgan futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqov bo'ldi. Temurxo'ja ushbu mavsum o'z hisobiga Superligada 11ta gol yozib qo'ydi. 

- "Loko" to'purarlari poygasida Jamshid Iskanderov 6ta gol bilan ikkinchi, Islom To'xtaxo'jaev va Arslanmirat Amanov 4tadan gol bilan uchinchi bo'lishdi. 

- "Lokomotiv" ushbu mavsum 26 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Jamoamiz tarkibida to'p tepgan legionerlardan eng ko'p o'yin o'tkazgan Yovan Jokich bo'ldi. U Superliganing 24 uchrashuvida maydonga tushdi. Arslanmirat Amanov 23, Igor Yelich 13, Medina Smit 10, shuningdek birinchi davrada o'ynagan Filip Rayevac 9ta bahsda maydonga tushishdi. 

- Bu yil eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi Davron Hoshimov bo'ldi. U 7 bor hakamlar tomonidan ogohlantirildi. Qizil kartochka faqat bir marta kuzatildi. Safarda "Metallurg"ga qarshi bahsda Husniddin G'ofurov qizil kartochka olib birinchi taymdayoq maydonni tark etdi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика