"Lokomotiv"dan etti kishi MTJga chaqirildi
02 iyu 2015 14:25
Yangiliklar

"Lokomotiv"dan etti kishi MTJga chaqirildi
Oliy ligada 12-tur o'yinlari yakuniga etganidan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z yig'inini boshlaydi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa 11 iyun kuni dastlab Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
16 iyun kuni esa milliy terma jamoamiz safarda KXDRga qarshi JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan birinchi o'yinda maydonga tushadi. O'zbekiston MTJ saralashning "H" guruhidan o'rin olgan va guruh o'yinlarida KXDR, Yaman, Bahrayn va Filippin termalari bilan bahs olib boradi.
Terma jamoamizning navbatdagi yig'ini 8 iyundan boshlanib, 17 iyunga qadar davom etadi. Bo'lib o'tadigan o'yinlarga Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"dan olti nafar futbolchini taklif etdi. Bular - darvozabon Ignatiy Netserov, himoyachilar Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, yarim himoyachilar Jasur Hasanov, Lutfulla To'raev va Ikrom Aliboev. Aytish mumkinki, Ikrom Aliboev birinchi bor milliy terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etadi.
Terma jamoa murabbiylar shtabiga "Lokomotiv"dan shuningdek jamoa shifkori Abror Pirriev ham borib qo'shiladi. Biz Eron va KXDR bilan bo'ladigan o'yinlarda yigitlarga omad tilab qolamiz.
"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar