So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi FOTO Yangiliklar

"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi FOTO

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi 20 dekabrdan boshlab yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordi.

Yig'inda terma jamoa safida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo'nab ketgan "temiryo'lchilar"dan boshqa barcha futbolchilar ishtirok etmoqda.


"Lokomotiv"ning yakunlangan mavsumda ijara asosida boshqa klublar sharafini himoya qilgan azolari ham jamoa safiga qaytib, hozirda "temiryo'lchilar" safida mao'g'ulotlarda ishtirok etmoqda.




Xususan, ikkinchi davrani "Neftchi" safida o'tkazgan Sardor Mirzaev hamda Sardor Rahmonov, shuningdek "Qo'qon 1912" tarkibida ajoyib o'yinlar namoyish etgan Donyor Usmonov yana jamoa safiga qaytdi. SHu bilan birga asosiy tarkib mashg'ulotlariga avvalgi mavsumni Yoshlar jamoasida o'tkazgan Ikrom Aliboev, Xurshid Muxtorov, Sarvar Karimov kabi futbolchilar ham jalb etilgan.


Avvalgi mavsumnining ikkinchi yarmini jiddiy jarohati sabab o'tkazib yuborgan 16-raqam sohibi - Jasur Hasanov o'z jismoniy holatini ancha tiklab oldi va u umumiy guruh bilan shug'ullanyapti. Mavsum avvaliga qadar u maydonga tushishga tayyor bo'ladi.


Avtofalokat tufayli ancha vaqt jamoa bilan shug'ullana olmagan Ivan Nagaev ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Hozircha u individul tarzda mashq qilayotgan bo'lsa-da, tez orada umumiy guruhga qo'shilishi kutilyapti.

Mashg'ulotlar ko'tarinki kayfiyatda o'tayotganini esa suratlardan ham sezish qiyin emas.




Bosh murabbiy Vadim Abramov oyog'idan jarohat olgani sababli mashg'ulotlarni bevosita maydonda turib o'tkazish vazifasini Marat Miftaxudinov bajarmoqda.


Vadim Karlenovich esa barcha jarayonni maydon chetidan turib boshqarib bormoqda


"Lokomotiv" yangi yilga qadar mashg'ulotlarni Toshkentda olib boradi. Yanvar oyi avvalida esa Birlashgan Arab Amirliklariga o'quv-yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика