Lokomotiv yangi mavsumga tayyorgarlikni 10 dekabrda boshlaydi
24 noy 2013 17:26
Yangiliklar

Lokomotiv yangi mavsumga tayyorgarlikni 10 dekabrda boshlaydi
Oliy Liga-2013ni ikkinchi o'rinda yakunlagan Toshkentning Lokomotiv jamoasi yangi – 2014 yilgi mavsumga tayyorgarlikni 10 dekabrdan boshlaydi.
Bu haqda klub sport direktori Ravshan Muqimov 22 noyabr kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida malum qildi.
Muqimovning so'zlariga ko'ra, yangi mavsumga tayyorgarlik 10 dekabr kuni boshlanadai va 25 dekabrgacha Toshkentda davom etadi. Ushbu yig'in doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHundan so'ng, yanvar oyida BAAda, fevralda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish rejalashtirilgan. Oliy Liga-2014 bahslari boshlanguni qadar Lokomotiv 14-15ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.
Jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylovning so'zlariga ko'ra, mavsum o'rtasida jarohat olgan hujumchi Farhod Tojiev hozirda Germaniyada davolamnoqda, yanvardan esa umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. Sadriddin Abdullaevning ahvoli esa nisbatan jiddiy bo'lib, shu kunlarda Germaniyaga jo'nab ketadi va taxminan aprelda tarkibga qaytadi.
Fuzaylovning qo'shimcha qilishicha, jamoa yaqinda Bunyodkordan olingan Lutfulla To'raevdan tashqari, tarkibni boshqa futbolchilar ham to'ldirish rejasi bor. Jumladan, tarkibga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida Toshkentning Bunyodkor klubi yarim himoyachisi Jasur Hasanov va Toshkentning Paxtakor klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov ham bor. Jamoaga kimlar kelishi va kimlar ketishi yaqin o'n kunda malum bo'ladi.

Fikrlar