So’nggi yangiliklar

22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  0 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  0 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  13

“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi (FOTO) Yangiliklar

“Lokomotiv” yangi futbolchilarni tanishtirdi (FOTO)

Ertaga bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Navbahor” o'yini bilan “temiryo'lchilar” mavsumning ikkinchi yarmini boshlashadi.
Bugun esa “Lokomotiv” stadionining matbuot anjumanlari zalida jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan ikki nafar yangi futbolchi – Artur Gevorkyan hamda Slaven Stepanovichni ommaga tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

ALM_6550

Tadbirda “Lokomotiv” futbol klubi Bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov, klub sport direktori Ravshan Muqimov hamda bosh murabbiy Andrey Miklyaev ishtirok etishdi. Dastlab To'labek Akramov so'z olib jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi xususida so'z yuritdi:

– Xabaringiz bor, ikkinchi davraga tayyorgarlikning asosiy qismini Belarus poytaxti Minsk shahrida olib bordik. 12-21 iyul kunlari tashkil etilgan xorij yig'ini mobaynida jamoamiz ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va har ikkalasini 3:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi. “Lokomotiv” avvaliga “Neman” klubidan ustun kelgan bo'lsa, keyingi bahsda “Krumkachi” mag'lub etildi.

– Turkmanistonlik yarim himoyachi Artur Gevorkyan tarkibimizga jamoa Minskka ketishidan oldin kelib qo'shilgandi. Xorij yig'ini davomida murabbiylar boshqa legionerlarni ham ko'rikdan o'tkazib, yakunda bosniyalik Slaven Stepanovichni qo'shib olish qaroriga kelishdi. Davralar oralig'ida mahalliy futbolchilarni ham jamoaga taklif etish masalasi ko'rib chiqildi. Ikki-uch nafar futbolchiga taklif bilan chiqqandik, ammo ular klubimizda shhynab ketishiga ishonch hosil qilmagani va raqobatdan cho'chigani bois safimizga kelib qo'shilmadi. Ularning ism-familiyalarini ayta olmayman. Jamoa safini tark etganlar haqida to'xtaladigan bo'lsam, Xurshid Muxtorov va Doniyor Usmonovni ijara asosida “Olmaliq”qa berdik. SHuningdek, Jasur Hasanov ham “Qizilqum”da ijara asosida o'ynaydigan bo'ldik.

ALM_6576

Andrey Miklyaev:
– Minskda 10 kunlik yig'in o'tkazib, 4 nafar legionerni ko'rikdan o'tkazdik. Yig'in samarali o'tdi. Safardan qaytgach ikkita rasmiy o'yinda ishtirok etdik. “Mashal”ga qarshi O'zbekiston kubogi bahsida mag'lubiyatga uchradik. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Minskda ancha salqin va yomg'irli ob-havo sharoitida shug'ullanganimiz bois, Toshkentdagi iqlimga 3 kun ichida moslashib olish qiyin kechdi. “Qizilqum”ga qarshi oliy liganing qoldirilgan o'yinida esa ancha o'zimizga kelib olgandik. Bu o'yinda g'alaba qozonib, turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldik. Bu yoqimli albatta.

– Jamoa ertaga bo'ladigan ikkinchi davraning ilk o'yiniga tayyor. Islom To'xtaxo'jaev va Ikrom Aliboevda jarohat bor. Qolganlar esa jamoaga yordam berishi mumkin. Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlashga harakat qilamiz. Biz hamisha hujumkor futbol tarafdori bo'lganmiz, doim birinchi raqamda o'ynaymiz.

– Aytib o'tganimdek, yig'in davomida to'rt nafar legionerni ko'rikdan o'tkazdik. Har bir futbolchining o'ziga yarasha ustunliklari bor edi. Biz o'z o'yin uslubimizdan kelib chiqib Stepanovich variantida to'xtaldik. Uning dribling va texnikasi yaxshi. U hujum ortida, yarim himoyaning o'ng va chap qanotlarida o'ynay oladi.

ALM_6574

SHundan so'ng “Lokomotiv” klubiga davralar oralig'ida kelib qo'shilgan yangi futbolchilarga klub futbolkalari topshirildi. Har ikki futbolchiga To'labek Akramov futbolkalarni taqdim etdi. Demak, Artur Gevorkyan 71-raqamda, Slaven Stepanovich esa 9-raqamda harakat qiladigan bo'ldi.

UFF_7732

Artur Gevorkyan:
Menga “Lokomotiv”dan taklif tushdi va bu taklifni qabul qildim. Bu jamoaga o'tishim yoqimli bo'ldi. Mashg'ulotlarda faol ishtirok etishga harakat qilyapman. Jamoadagi barcha bilan yaxshi tanishman. SHu bois “Lokomotiv”ga moslashishim qiyin kechmadi.

– Ha, men “Nasaf”da etakchi edim, bu erda ham o'z o'yinim bilan yordam berishga harakat qilaman.

– Nima uchun 71-raqamni tanladim? Umuman olganda, menda tanlash imkoniyati kamroq edi. Bilasiz, faoliyatim davomida asosan 17-raqamda o'ynaganman. 71 esa 17ning teskarisi bo'lgani uchun shu raqamni tanladim.

– Osiyo chempionlar ligasida “Al-Ayn” bilan kechadigan o'yin haqida nima deyishim mumkin? Biz bu jamoani yaxshi bilamiz. O'ylaymanki, hozirgi “Lokomotiv” “Al-Ayn”ga nisbatan kuchliroq. Ham futbolchilar saviyasi, ham o'yin borasida. “Nasaf” safida bu jamoaga qarshi ikkita o'yinda ishtirok etdim. Qarshida durang o'ynagan bo'lsak, safarda yutqazdik. Biz bu jamoani Qarshida yutishimiz ham mumkin edi. Bu – futbol. Bo'lajak o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rsak, “Al Ayn”dan o'ta olamiz deb o'ylayman. Umuman olganda, “Lokomotiv” birdaniga uchta musobaqada ishtirok etmoqda. Ularning barchasida muvaffaqiyatli qatnashishni maqsad qilgan.

UFF_7786

Slaven Stepanovich:
– “Lokomotiv” safiga qo'shilganimdan xursandman. Mahalliy iqlim va vaqtga moslashish uchun menga ozgina muddat kerak bo'ladi. Klubda ahil jamoa va malakali murabbiylar yig'ilgan. O'ylaymanki, barchamiz birgalikda jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajara olamiz.

– O'zbek futboli haqida ozgina eshitgandim. O'zbekiston chempionatida bir nechta serbiyalik futbolchilar faoliyat olib borganidan xabarim bor. Bu erda ko'proq texnikaga ahamiyat berilishi menga yoqdi. Bu uslub menga maqul keladi. Boshqa chempionatlarda ham texnik jihatdan kuchli futbolchilar ko'p. Ammo u erda biroz boshqacha futbol o'ynaladi.

– “Lokomotiv”da tajribali futbolchilar ko'p, ammo men raqobatdan cho'chimayman. Jismoniy holatimni yuqori darajaga ko'tarib olsam, eng yaxshi o'yinimni namoyish qila boshlayman.


ALM_6550

ALM_6562

ALM_6567

ALM_6574

ALM_6576

ALM_6578

UFF_7732

UFF_7741

UFF_7757

UFF_7768

UFF_7769

UFF_7776

UFF_7780

UFF_7786

UFF_7797

UFF_7818

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика