So’nggi yangiliklar

18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  1 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2

"Lokomotiv", "Xorazm" futbolchilari, "Andijon" murabbiyi jazolandi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

"Lokomotiv", "Xorazm" futbolchilari, "Andijon" murabbiyi jazolandi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.

Pro liga 5-turi doirasidagi "Neftchi" - "Xorazm" uchrashuvidagi "Xorazm" jamoasi futbolchilari Ravshanbek Sultonov va Ro'zimboy Ahmedov uchrashuv yakunidan so'ng, bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun 3 ta o'yinga chetlatish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Ayollar oliy ligasi 1-turi doirasidagi "Buxoro V" - "Lokomotiv V" uchrashuvidagi "Buxoro V" jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Kochenev uchrashuvning 76-daqiqasida bosh hakamga o'z noroziligini qo'pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Ushbu harakat uchun Kochenevga 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi qo'llanildi.

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Turon" uchrashuvidagi "Lokomotiv" jamoasi futbolchisi Xurshidbek Muxtorov o'yinning 73-daqiqasida "Turon" futbolchisiga nisbatan qo'pol xatti-harakati uchun maydondan chetlashtirilgani o'rganib chiqildi. Futbolchiga 4 ta o'yinga chetlashtirish va jarima jazosi belgilandi.


"U18" Birinchiligi 1-tur doirasidagi "Yangier U-18" - "Turon U-18" uchrashuvi "Turon U-18" jamoasi futbolchisi Bahodir Sultonov uchrashuvning 90+5-daqiqasida bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Bu holat uchun futbolchi 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi "Turon" - "Andijon" uchrashuvidagi "Andijon" jamoasi rasmiy vakili Doniyor Usmonov bahsning 72-daqiqasida bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Mazkur holat yuzasidan Usmonovga jarima intizomiy chorasi belgilandi.

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi "Oq tepa" - "Olimpik" uchrashuvi yakunidan so'ng, O'FA hakamlar bo'limi boshlig'i Erkin Baxtiyorov tomonidan bildirgi kelib tushdi. Bunga ko'ra, "Oq tepa" jamoasi futbolchisi Olimxon Karimov bellashuvning 81-daqiqasida hakam qaroriga nisbatan nojo'ya harakat bildirgan. Ushbu holat o'rganib chiqilib, Karimovga jarima jazosi qo'llanildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика