So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Lokomotiv": Xitoy klubi bilan o'yinda ham golsiz durang Yangiliklar

"Lokomotiv": Xitoy klubi bilan o'yinda ham golsiz durang

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv”ning “Al-Ahli” klubiga qarshi bellashuvi nisbatan qiyinroq kechgandi. Bunga bir qator sabablarni misol qilib ko'rsatish mumkin.

Birinchidan, raqib jismoniy tomondan yaxshi formada edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistonida chempionatning yarmi ortda qolgandi. Uchinchidan, futbolchilarimiz yangi mavsum boshlanishi oldidan birinchi bor maydonga chiqib kelishayotgandi.

Xitoyning “Xenan Jiane” klubiga qarshi bellashuvda esa ustunlik asosan “temiryo'lchilar” tomonida bo'ldi. Yigitlar jismoniy tomondan birinchi o'yindagiga qaraganda yaxshiroq taassurot qoldirishdi. To'pni egallab turish va hujumlar tashkil qilishda ham ular ancha faol bo'lishdi.

Mirko Elichich qo'li ostidagi futbolchilarni ikkida jamoa qilib taqsimladi. Quyida birinchi bo'limda va ikkinchi bo'limda harakat qilgan futbolchilar nomi to'liq keltirilgan. Kaxi Maxaradzeda kichik jarohat bo'lgani uchun ham, murabbiylar shtabi tavakkal qilishni istamadi hamda gruziyalik legioner o'yinda ishtirok etmadi.


Har ikkala bo'limda ham ustunlik toshkentliklar tomonida bo'ldi. Jamoamiz hujumlarini qaytarishda xitoylik futbolchilar o'zlarining keskin harakatlari bilan ajralib turishdi. Bellashuvning anchagina qo'pol kurashlarga boy bo'lgani ummonlik hakamlarning ishini biroz qiyinlashtirdi.

Xitoy Superligasini 5-o'rinda yakunlagan jamoa safida bir qator legioner futbolchilar bor ekani haqida aytib o'tgandik. Ular “Xenan Jiane”ning Dubaydagi tayyorgarlik yig'iniga hali qo'shilib ulgurmaganliklari uchun bellashuvda ishtirok eta olishmadi.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” o'zining uchinchi uchrashuvini Key liga etakchisi “CHonbuk Motors” klubiga qarshi o'tkazadi. Dubaydagi yig'in 23 yanvar kuni o'z yakuniga etadi.

19 yanvar, 2016 yil
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
“XENAN JIANE” (Xitoy) – LOKOMOTIV (O'zbekiston) 0:0
“Lokomotiv”:
1. Ignatiy Nesterov (12. Mamur Ikromov, 46) - 4. SHerzod Fayziev (3. Xurshid Muxtorov, 46), 16. Jasur Hasanov (8. Sardor Mirzaev, 46), 17. Salim Mustafoev (33. Oleg Zoteev, 46), 36. Nemanya Yanichich (24. Islom To'xtaxo'jaev, 46) - 9. Server Jeparov (41. Quvondiq Ro'ziev, 46), 18. Timur Kapadze (68. Sergey Proxorov, 46), 22. Sanjar SHoahmedov, 77. Jasur Hasanov (11. Marat Bikmaev, 46) - 7. Ivan Vukovich (10. Marat Bikmaev, 46), 34. Doniyor Usmonov (70. Ivan Nagaev, 46).


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика