So’nggi yangiliklar

09:40Никола Лазаревич: "Рақибимизда мураббий алмашгач, ўйин услуби ўзгариб жамоа иккита ўйинда 12 та гол уришга эришди"  0 09:12“Локомотив“ “Олимпик“ни ишончли тарзда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:46Sofascore. Шомуродов “Милан“га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:20“Олимпико“ Клаудио Раньери билан чиройли хайрлашди  6 07:55Сергей Лушчан: "Бизга гол урилган вазиятда Азим Аҳмедовга нисбатан қоида бузилган эди. Саволларни ҳакамларга бериш керак, менга эмас"  1 07:27Суперлига. Бугун 10-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  4 06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  3 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  3 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  34 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  6 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  71 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  19 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0

"Lokomotiv" uchun uzoq kutilgan muvaffaqiyat Yangiliklar

"Lokomotiv" uchun uzoq kutilgan muvaffaqiyat

Teglar :  OCHL-2016Lokomotiv
Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi ziddiyat OCHLdagi o'yinlarga ham o'z tasirini o'tkazdi.

Natijada musobaqa tashkilotchilari ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlarni so'nggi turga qo'ydi. Buni o'zbek klublari uchun yaxshi tomoni bor edi. Endi mavsumga hozirlik ko'rayotgan klublarimiz OCHLning dastlabki turida Eron, BAA va Qatar klublariga qarshi o'yinda ochko yo'qotish imkoniyati saqlanib qolindi. Saudiya Arabistoni klublariga qarshi dastlabki ikki o'yinda uchralmaydigan mag'lubiyat, klublarimizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshirardi. Bundan "Lokomotiv" va "Paxtakor" foydalanib qoldi. Afsuski, "Paxtakor" uchun arablar bilan o'yindagi durang kamlik qildi, "Loko"ga esa aksincha.

"Lokomotiv", Toshkentdagi ikki jamoadan so'ng keyingi bosqichga o'tgan uchinchi jamoa bo'ldi. SHu kungacha jami 6 nafar klubimiz OCHLda ishtirok etgan. Bular - "Paxtakor", "Neftchi", "Mashal", "Bunyodkor", "Nasaf" va "Lokomotiv".



"Temiryo'lchilar" O'zbekiston sharafini himoya qilib keyingi bosqichga chiqqan uchinchi jamoa bo'ldi. OCHLdagi dastlabki ikki yilda ular saralash bosqichidan o'ta olmadilar. Hakim Fuzaylov boshqaruvidan Vadim Abramovga o'tgan poytaxtliklar 2015 yilni ham boy berdilar. Aslida shu yilning o'zida tarixni o'zgartirish mumkin edi. Ammo jamoada o'yinchilarning ko'payib ketishi murabbiyni chalg'itdi, qolaversa, har yili yangidan shakllanaveradigan jamoa mavsum boshidayoq OCHLda ishtirok etishi bir muncha qiyin bo'lgandi.

Bu yil klub katta o'zgarish qilmadi. "Loko" futbolchilariga begona bo'lmagan Server Jeparov va ortiqcha reklamaga muhtoj bo'lmagan Kaxi Maxaradzegina safga kelib qo'shildi. 2015 yil shakllana boshlagan jamoani kuchaytirgan bu ikki futbolchining OCHL guruh bosqichidagi o'yini yaxshi chiqdi. Ayniqsa, 5 yillik tanaffusdan so'ng Kapadze - Jeparov tandemi ham oliy ligada, ham OCHLda ish bera boshladi. Kapadzening ikmoniyatlaridan Mirko Yelichich foydalana olyapti. Mirkoning yana bir yutug'i, Sardor Mirzaev - Marat Bikmaev - Temurxo'ja Abduxoliqov triosini "ishlatib yuborgani" bo'ldi. Hozircha bu trio 19ta gol urdi. Yomon ko'rsatkich emas.

Mirkoning yana bir qaroriga ko'ra, Zoteev asosiy tarkib o'yinchisiga, Salim Mustafoev esa chapdan o'ng qanotga o'tib yanada foydaliroq harakat qila boshladi. Qaxining majburiy himoya markaziga qo'yilishi ham o'zini oqladi. Jeparov va Maxaradzeni kelishi, Mirzaevning asosiy tarkib azosiga aylanishi SHoahmedovning ishini biroz engillashtirdi. SHuning uchun joriy mavsum uning hisobidagi gol+paslar kamayib ketdi. Mirkodan talab qilinadigan holat, aynan SHoahmedovni boshqa saviyaga olib chiqish. Uning maydonni ko'ra bilishi va fikrlashidan kelib chiqsak, Sanjardan yanada yaxshiroq o'yin kutishimiz mumkin.



"Lokomotiv"ning oldidagi minimum vazifa uddalandi. "Paxtakor" va "Al Hilol" o'rtasidagi ikki to'qnashuvdan kelib chiqadigan bo'lsak, arablar yutib bo'ladigan jamoa ekanligini ko'rdik. Lekin hammasi endi boshlanyapti. "Lokomotiv" guruhdan chiqqan bo'lsa-da, 4ta o'yinda durang o'ynadi. Uning baxtiga raqiblar xato qildi. Pley-off bosqichida esa duranglar ish bermaydi.

"Raqib kim bo'lishi muhim emas, hamma bilan o'ynasa bo'ladi. Faqat odam o'ziga ishonishi kerak"... Bundan ikki yil avval shunday fikrni bildirgan Temur Kapadze, Jeparov bilan birgalikda jamoasini ruxlantira oladi degan umiddamiz.

N. Yuldashev

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика