So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  1 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  5 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  8 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  27 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  41 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

"Lokomotiv" uch nafar futbolchini tanishtirdi (Batafsil) Yangiliklar

"Lokomotiv" uch nafar futbolchini tanishtirdi (Batafsil)

Bugun "Lokomotiv" PFK mavsumning navbatdagi qismi uchun jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirdi.

"Lokomotiv" futbol klubining titul homiysi "Orient Finans Bank" bosh binosida bo'lib o'tgan tadbirda "Lokomotiv"ning yangi futbolchilari Temurxo'ja Abduxoliqov, Anzur Ismoilov hamda rossiyalik legioner Nikolay Pogrebnyak OAV xodimlariga tanishtirildi.

Tanishtiruv marosimidan oldin "Lokomotiv" PFK bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov hamda jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov so'z olib jamoaning keyingi o'yinlarga tayyorgarligi xususida fikr yuritishdi.

To'labek Akramov: - "Avvalambor ushbu tadbirga tashrif buyurgan jurnalisnlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Yaxshi bilasiz, "Lokomotiv" har doim o'z oldiga yuqori vazifalarni qo'yib keladi va bu yilgi mavsum ham bundan mustasno emas. To'g'ri, hozircha Superliga jadvalida biroz quyi o'rinlarda boryapmiz, lekin hali hammasi oldinda. Biz chempionlik sovrinini o'zimizda saqlab qolish uchun bor kuchni ishga solamiz. Transfer oynasidan unumli foydalanish maqsadida jamoamizga uch nafar yangi futbolchini taklif etdik. Yaxshi bilasizlar, Anzur Ismoilov bilan Temurxo'ja Abduxoliqov O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari hisoblanadi va bu o'yinchilar jamoamizni yanada kuchaytiradi deb umid qilamiz. SHuningdek, rossiyalik legioner Nikolay Pogrebnyak ham yaxshi o'ynab keta oladi degan umiddamiz".

- Mavsum avvalida taklif etilgan legionerlardan CHo Suk Jae bilan Nivaldo jamoani tark etishdi. Janubiy koreyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, shu bois uning ketgani tushunarli. Nivaldo borasida nima deya olasiz?
- Nivaldo Minskning "Dinamo" klubidan bizga ijara asosida kelgandi. Uni olib kelishdan maqsad, bu futbolchining xizmatlaridan asosan Osiyo chempionlar ligasida foydalanish edi. Ammo guruhdan chiqa olmadik, qolaversa vaqt o'tib Nivaldoning ijara muddati tugagani bois qaytib ketishni maqul topdi.

Andrey Fyodorov: - "Xabaringiz bor, yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inini Minskda olib bordik va hammasi yaxshi kechdi. U erda to'rtta o'yin o'tkazgan bo'lsakk, hammasida futbolchilarni sinab ko'rdik. Bizning xursand qilgan jihati, Minskdagi mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ishga nisbatan proofessional munosabatda bo'lib, astoydil ter tko'kishdi. Hech kim shunchaki qarab turmadi. U erda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan bo'lsak, hammasi jamoa foydasi uchun xizmat qildi deya olaman".


SHundan so'ng futbolchilarga libos topshirish marosimi o'tkazildi. Temurxo'ja Abduxoliqov avval o'ynagani kabi 11-raqamli, Anzur Ismoilov 55-raqamli, Nikolay Pogrebnyak esa 21-raqamli libosda "Lokomotiv" safida to'p tepadigan bo'lishdi. Har uchala ftubolchi "Lokomotiv" tarkibiga o'tganini quyidagicha izohladi.

Anzur Ismoilov: - "Menga yil boshidayoq "Lokomotiv"dan qiziqish bo'lgandi. Ammo avvalgi jamoam "CHanchun Yatay" bilan shartnomam bo'lgani bois Toshkentga kela olmagandim. Mana endi yozgi transfer chog'ida bu o'tish amalga oshib "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzdim. Bu jamoaga kelganimdan xursandman".

- Aynan "Lokomotiv"ni tanlashingizga nima sabab bo'ldi?
- Bu jamoada tanishlarim ko'p, qolaversa "Loko"ning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari yuqori. Bu jamoaga kelishimning yana bir sababi, o'zim katta futbolga TTZdagi oldingi "Traktor" stadionida o'ynab kirib kelganman. Yoshlik davrlarni eslab ham shu klubga o'tishga rozi bo'ldim.

Nikolay Pogrebnyak: - "Hammaga salom. Bu erga kelishimdan oldin akam hamda agentim Pavel Pogrebnyak qo'ng'iroq qilib Toshkent klubidan taklif bor, o'zingni sinab ko'rasanmi dedi. Bu payt "Loko" Minsk yig'inida ishtirok etayotgandi. Ochig'i, ko'p o'ylab o'tirmadim va tezda "temiryo'lchilar" taklifini qabul qildim. O'n kuncha mashg'ulotlarda qatnashib klub bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo'ldim".

- Nikolay, o'zbek futboli haqida qanday malumotga egasiz?
- To'g'risini aytsam, juda kam. Bu erga kelmasdan oldin faqat "Lokomotiv", "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari haqida eshitgandim. SHuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi natijalarini ham kuzatib borganman. Mana endi "Loko"dagi faoliyatim orqali yanada ko'proq malumotga ega bo'laman deb o'ylayman.

Temurxo'ja Abduxoliqov: - "Lokomotiv" men uchun qadrdon jamoa bo'lib qolgan va buni doim aytib kelganman. "Lokomotiv"ni ikkinchi uyim desam ham bo'ladi. Qatarda bir yarim yil faoliyat olib borgach, yana "Loko"ga qaytishni maqul ko'rdim. Bu erga kelishdan maqsadim yana chempion bo'lish va O'zbekiston Kubogida zafar quchish. Buning uchun bizda imkoniyat bor deb o'ylayman".

- Bilishimizcha, oldingizda Eron va Qatardan ham variantlar bor edi, to'g'rimi?    
- To'g'ri, variantlar bor edi, lekin men har doim aniq takliflarni o'rganib chiqishni xohlayman, shunchaki variantlarni emas. Aytib o'tganimdek, "Lokomotiv" xuddi ikkinchi uyimdek bo'lib qolgan va bu jamoadan taklif tushishi bilanoq ko'p o'ylanib o'tirmadim. Taklifga labbay deb javob berganimdan so'ng o'z-o'zidan boshqa variantlar yopildi.


Yangi futbolchilar haqida malumot.

Anzur Ismoilov. 1985 yil Samarqand shahrida tug'ilgan. Ampluasi: markaziy himoyachi. Futbolchilik faoliyatini "Dinamo" klubida boshlagan. 2002-2003 yilgi mavsumni sobiq "Traktor" safida o'tkazgan. Keyinchalik "Paxtakor" tarkibiga yo'l olib, 6 yil ushbu jamoa safida to'p tepgan. 2010 yil "Bunyodkor"ga o'tgan himoyachi bir yildan so'ng Xitoyning "CHanchun Yatay" klubiga yo'l olgan. Etti yarim yilni xitoyliklar safida o'tkazgan futbolchi bu gal "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzdi.

Nikolay Pogrebnyak. 1992 yil Moskvada tug'ilgan. Ampulasi: himoyachi. Futbolchilik faoliyatini "Timiryazevac" futbol maktabida boshlagan. 2010 yil o'zining professional ilk jamoasi "Tom" bilan shartnoma tuzgan. 2015-16 yillarda Moskvaning "Torpedo", shundan so'ng Stavropolning "Dinamo" klublarida faoliyat olib borgan. Nikolay rossiyalik mashhur hujumchi Pavel Pogrebnyakning ukasi.

Temurxo'ja Abduxoliqov. 1991 yil Toshkentda tug'ilgan. Katta futboldagi faoliyatini 2009 yil "Bunyodkor" orqali boshlagan. Uch yildan so'ng "Paxtakor" safiga qo'shilgan. Keyinchalik 2014 yil Temurxo'ja Xorvatiyaning "Xayduk" klubi bilan shartnoma imzolab bir mavsum to'p tepdi. 2015-2016 yilgi mavsum "Lokomotiv" hujumchisi uchun nihoyatda esda qolarli bo'ldi. Abduxoliqov "Loko" safida o'ynab O'zbekiston chempioni va Kubok sohibi, shuningdek milliy chempionat to'purari bo'ldi. U 2017 yil Qatarning "Al Sayliya" klubiga yo'l olib, bir yarim yilni o'tkazdi va shundan so'ng yana "Lokomotiv" tarkibiga qaytib keldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика