"Lokomotiv": Toshkentdagi mashg'ulotlar yakuniga etdi (FOTOGALEREYA)
08 jan 2016 16:31
Yangiliklar


"Lokomotiv": Toshkentdagi mashg'ulotlar yakuniga etdi (FOTOGALEREYA)
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Lokomotiv” uchun Toshkentdagi mashg'ulotlar yakuniga etdi.
Jamoamiz ertaga Dubayga yo'l oladi va 22 yanvargacha o'sha erda yig'in o'tkazadi. Dubay yig'ini davomida “temiryo'lchilar” uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Dastlab 15 yanvar kuni Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubi bilan o'ynasak, 19 yanvarda Xitoyning “Xenan Jiane” jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Uchinchi o'rtoqlik uchrashuvi esa 22 yanvarda Janubiy Koreyaning “CHonbuk Xyunday” klubiga qarshi tashkil etiladi. Avvalroq uchinchi o'yinni Slovakiya olimpiya termasiga qarshi o'tkazishimiz haqida xabar bergandik, biroq keyinchalik raqib o'zzgardi va endilikda “CHonbuk Xyunday” bilan o'ynaymiz.
Quyida “Lokomotiv”ning kecha va bugungi mashg'ulotidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar