So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  5 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

"Lokomotiv" Tehronda. Jamoa "Ozodi" stadionida "Istiqlol"ga qarshi bahs olib boradi Yangiliklar

"Lokomotiv" Tehronda. Jamoa "Ozodi" stadionida "Istiqlol"ga qarshi bahs olib boradi

"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan bahsni Eron poytaxti Tehronda "Istiqlol"ga qarshi o'tkazadi.

13 mart kuni kechadigan bellashuv Osiyodagi eng katta stadionlardan biri "Ozodi" o'yingohida bo'lib o'tadi va mazkur bellashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi.



TEHRON
"Lokomotiv" delegaciyasi 12 mart kuni ertalab charter reys orqali soat 10:00da Tehron sari parvoz qildi va uch soatga yaqin parvozdan so'ng manzilga etib keldi. Bizni Tehron xalqaro aeroportida "Istiqlol" klubi vakillari kutib olishdi. Manzilga etib kelganimizda soat millari mahalliy vaqt bilan 11:30ni ko'rsatayotgan edi. Malumot uchun, Eron bizdan bir yarim soat (orqada) farq qiladi.

Avtobusda bir soatlik yo'ldan so'ng "Persian Esteghlal Hotel" mehmonxonasiga etib keldik va jamoa shu erda joylashdi. Aslini olganda masofa ko'p ham uzoq emas, faqat yo'ldagi tirbandlikni hisobga olib aytganda vaqt ko'pincha yo'l bo'shashini kutish bilan o'tib ketadi. Bu erga kelganimizdan so'ng mahalliy vaqt bilan 14:30da klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov, xalqaro bo'lim xodimi Sardor Akromov hamda jamoa administratori Baxtiyor Ismoilov hamrohligida Eron futbol federaciyasi tomon yo'l oldik.



MITING
O'yindan oldingi rasmiy tadbirlar aynan shu binoda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan ekan. Bu erda dastlab har ikkala klub vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting tashkil qilindi. Bunda bir qator tashkiliy masalalar, shuningdek, ertangi bahsda kimning qaysi libosda to'p tepishiga oydinlik kiritib olindi.

Demak, "Lokomotiv" safarda "Istiqlol"ga qarshi bahsni oq rangli futbolkalarda, mezbonlar esa ko'k rangli futbolkada o'tkazishadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика