“Lokomotiv” tarkibida ikki legioner futbolchi ko'rikdan o'tmoqda
16 iyu 2016 14:37
Yangiliklar
“Lokomotiv” tarkibida ikki legioner futbolchi ko'rikdan o'tmoqda
“Temiryo'lchilar” tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida jamoa murabbiylar shtabi Minsk yig'iniga ayni damda ikki legionerni ko'rikdan o'tish uchun taklif etgan.
“Lokomotiv” futbol klubi taklif etgan futbolchilar bilan sizni tanishtirib o'tamiz.
Bratislav Punoshevac
9 iyul, 1987 yil Serbiyaning Krushevac shaxrida tavallud topgan.
Hujumchi, bo'yi 1.89 m
Futbolchilik faoliyatini “Napredak Krushevac” klubida boshlagan. Punoshevac “Otulul Galati” (Ruminiya), “Targu Mures” (Ruminiya), “Avisfa Fukuoka” (Yaponiya), “Radnichki Nish ” (Serbiya), “Budapesht Xonved” (Vengriya) va “Bekashaba” (Vengriya) klublari tarkibida harakat qilgan.

Sasha Kaykut
7 iyul, 1984 yil Bosniya va Gercogoviniyaning Banaluka shaxrida tug'ilgan.
Hujumchi, bo'yi 1.88 m
Faoliyatini maxalliy “Borac” klubida boshlagan. Professional karerasi davomida “Karlovac” (Xorvatiya), “SHerif” (Moldova), “Baku” “Ozarbayjon”, “Saut CHayna” (Gon-Kong) va so'nggi klubi Greciyaning “Veriya”si bo'lgan.

Bu ikki futbolchidan qaysi biri maqul kelsa ular “temiryo'lchilar” bilan shartnoma imzolaydi. Legionerlar bugun “Lokomotiv” tarkibida Grodno shaxrining “Neman” klubiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar