So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  8 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  8 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  13 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  52 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  429 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Superliga. "So'g'diyona" "Lokomotiv" maydonida zafar quchib, 3-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Lokomotiv" maydonida zafar quchib, 3-o'ringa chiqib oldi

Superliga 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" hamda "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Superliga

12-tur

Lokomotiv

Ivan Rogach - 61'

Superliga. 12-tur

22/06/2024, 20:00

2
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Oleg Zoteyev - 52', SHohruh Abdurahmonov - 71'

45'
90'
61'  Ivan Rogach
61'  Sanjar Tursunov
69'  Anzur Ismoilov (SHohruh Xudoyberganov)
81'  SHohruh Xudoyberganov (Ivan Bulatovich)
90'  Lazizbek Mirzayev (Muhammadanas Hasanov)
90'  Abubakrrizo Turdaliev (Izzat Abdullaev)
52'  Oleg Zoteyev
52'  Vladimir Yovovich
57'  Alisher Salimov (ZHasur YOqubov)
65'  Stanislav Andreyev (SHohruh Abdurahmonov)
71'  SHohruh Abdurahmonov
71'  Lupche Doriev
90'  Lupche Doriev (Samandar Sindarov)

"Lokomotiv" – "So'g'diyona" 1:2  

Gollar: Ivan Rogach (Sanjar Tursunov) 61' – Oleg Zoteev (Vladimir Yovovich) 52', SHohruh Abdurahmonov (Lyupcho Doriev) 71'

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 20:00

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Jaloliddin Husniddinov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Mo'min Majidov

Komissar: SHahzod Xolboev 

"Lokomotiv": 32.Suhrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 14.Dilshod Komilov, 15.Jasurbek Hakimov, 17.Sanjar Tursunov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 27.Sobit Sindarov, 55.Anzur Ismoilov (49.SHohruh Xudaybergenov, 69, 10.Ivan Bulatovich, 81), 70.Abubakrrizo Turdialiev (11.Izzatilla Abdullaev, 90), 77.Lazizbek Mirzaev (22.Muhammadanas Hasanov, 90).

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 7.Sardor Abdunabiev, 23.Jahongir Xoshimboev, 35.Azizbek Abdumajitov, 44.Ismoilbek Usmanxo'jaev.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Islom Qobilov, 6.Alisher Salimov (5.Jasurbek Yoqubov, 57), 8.Vladimir Yovovich, 11.Zoran Petrovich, 14.Lyupcho Doriev (17.Samandar Sindarov, 90+3), 15.Xondamir Mustafoqulov, 28.Stanislav Andreev (10.SHohruh Abdurahmonov, 60), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev.

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 18.Mirjalol Abdumutalov, 30.Ibrohimjon To'raqulov, 42.Sardorbek Erkinov, 63.Nizomiddin Farhadov, 90.Ulug'bek Kenjaev.


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+7. Zarba! Sanjar Tursunovning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

90+3. "So'g'diyona"da o'zgarish: Doriev o'rniga Sindarov o'yinga qo'shildi.  

90+2. Sanjar Tursunovning havodan amalga oshirgan uzatmasi noaniq chiqdi. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shildi. 

90. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Mirzaev o'rniga Hasanov, Turdialiev o'rniga Abdullaev uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

88. "Loko" sardori Tursunov legioner futbolchiga etiroz bildirgani bois maydonda tortishuv yuzaga keldi. Bu to'xtalish faqat va faqat Tursunov jamoasi zarariga ishlaydi, vaqt o'tyapti.

87. Dilshod Komilov va Zoran Petrovich to'qnashib ketishdi, mehmonlar hujumchisi biroz jabrlandi. 

84. Aleksandr Krestinin o'ychan holatda qoldi. U nimalarnidir o'zgartirish haqida o'ylamoqda. 

81. "Lokomotiv"da o'zgarish: SHohruh Xudaybergenov o'rniga Ivan Bulatovich maydonga tushdi. 

78. Zarba! Xondamir Mustafoqulovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

75. "So'g'diyona"ning navbatdagi hujumi mezbonlar himoyachilarining faolligi evaziga bartaraf qilindi.  

71. GOL! Dorievning pasidan keyin SHohruh Abdurahmonov ikki himoyachini aldab o'tib, o'ng oyoqdagi zarbasi orqali jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2!

69. "Lokomotiv"da almashtirish: Ismoilov o'rniga SHohruh Xudaybergenov tushirildi. 

67. Anzur Ismoilovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

65. GOL! Lyupcho Doriev hech bir qiyinchiliksiz birga-bir vaziyatni golga aylantirdi, biroq bu holatda ofsayd borligi malum qilindi.

61. GOL! Sanjar Tursunovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Ivan Rogach bosh bilan gol urib, muvozanatni tikladi – 1:1!

60. "So'g'diyona"da almashtirish: Andreev o'rniga Abdurahmonov bahsni davom ettiradi. 

60. "Temiryo'lchilar" to'pga egalik qilgan holda sekin-asta hujum boshlashmoqda. 

57. "So'g'diyona"da o'zgarish: Salimov o'rniga Yoqubov o'yinga qo'shildi. 

55. Zarba! Abdulloh Yo'ldoshev darvoza tomon kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

52. GOL! Yovovichning pasidan keyin Oleg Zoteev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, o'ng oyoqda darvozani ishg'ol qildi – 0:1! U sobiq jamoasidan uzr so'rab ham qo'ydi.

50. Zarbaaaa! Dilshod Komilovning kuchli zarbasiga sal aniqlik etishmadi. 

49. Stanislav Andreevning pasidan so'ng Doriev zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ammr vaziyatga VAR aralashdi va Abdulloh Yo'ldoshev ofsaydda bo'lgani malum bo'ldi – gol bekor qilindi. 

43. GOLSobit Sindarovning jarima zarbasidan oshirgan to'pini Abdulloh Yo'ldoshev bosh bilan darvozaga kiritdi – 1:0!

42. Abdurashidov katta tezlikda jarima maydonchasi ichiga kirib borishga urinayotgandi, ammo Nodirjon Soyibov qoida buzish evaziga uni to'xtatib qoldi. 

40. Abdulloh Yo'ldoshevga nisbatan qoida buzildi. Rogach to'pni oldinga tepib beradi. 

36. Doriev har doimgidek faol, u bir nechta raqibni ortda qoldirib, Yovovichni to'p bilan taminladi, ammo chernogoriyalik xavbekning ichkariga uzatmasi sal noaniq chiqdi. 

33. Stanislav Andreevning qanotdan oshirib bergan to'piga hech kim etib bora olmadi.  

31. Vau! Dilshod Komilov uzun pas orqali Lazizbek Mirzaevni birga-bir holatga chiqarishiga bir baxya qolgandi, biroq Mitrovich o'z vaqtida chiqib kelib, xavfning oldini oldi. 

29. Uuuux! Dorievning qulay pasidan keyin Dilshod Komilov to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

26. Zarbaa! Abdurashidovning qanotdan oshirgan to'pini Hakimov bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, darvozabon o'z o'rnida! 

24. SHavkat Nasibullaev zaxira o'rindig'ida o'tirgan "So'g'diyona" xodimlaridan birini og'zaki ogohlantirdi. 

20. Sultonov va Ismoilov bir-birini tushunmay qolib, xatoga yo'l qo'yishdi, "So'g'diyona" bundan unumli foydalana olmadi va pala-partishlik tufayli to'pni yo'qotdi.  

18. Zarbaaa! Abdurashidov to'pni o'ng oyog'iga to'g'rilab, darvozani nishonga oldi, to'p rikoshet orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

17. Kichik "pauza"dan so'ng bahs davom ettirilmoqda. 

15. Sanjar Tursunov maydonda o'tiribdi. Unga tibbiy yordam zarur. 

12. Hujumda Abdulazizxon Abdurashidov tomon yaxshi uzatma bo'ldi, ammo futbolchi to'pga ulgurmadi. 

9. Zarbaaa! Lazizbek Mirzaevning erlatib yo'llagan zarbasi tashqi tomondan darvoza to'riga borib tushdi. 

6. Maydon markazida "Loko" vakillari Stanislav Andreevga nisbatan qo'pol harakat qildilar. 

3. Hozircha jamoalar juda ehtiyotkor harakat qilishmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Uchrashuv 20:00 da start oladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика