So’nggi yangiliklar

16:05"Арсенал" ва "Ливерпуль" Педро учун беллашади  0 15:36Регилон Францияга йўл олиши мумкин  0 14:38"Ливерпуль" АПЛдан ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 14:16Рюдигер "Ал Ҳилол"нинг катта маошли таклифини рад этди  0 13:43"Ливерпуль" Ла Лигадаги футболчини нишонга олди  6 13:17Кюйт "Ливерпуль"га қайтиши мумкин  0 12:50ПСЖ Чемпионлар Лигасидаги ғалабадан сўнг 148 миллион евро ишлаб олади  10 12:08"Ливерпуль" Вирц учун ўз футболчисини беришга тайёр   1 11:41Стерлинг "Арсенал"да қолмайди  3 11:14Макрон якшанба куни ПСЖни Елисей саройида қабул қилади. Парижда чемпионлик паради бўлиб ўтади  8 10:43“Ман Сити“ етакчисига янги шартнома таклиф қилади  1 10:10Кайо Лукас: "Ўзбекистонга қарши ўйинга тўлиқ тайёрмиз"  18 10:00Пролига. Бугун 7-тур якунланади  0 09:33Луис Энрике ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи мураббий  21 09:05Сўнгги дақиқалардаги гол ва аламли мағлубият. Ўзбекистон — Тожикистон учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  9

Lokomotiv SHuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Lokomotiv SHuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Lokomotiv professional futbol klubi bugun ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Lokomotiv professional futbol klubi bugun ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Mashal va Nasafdagi o'yinlari orqali ko'pchilikka yaxshi tanish himoyachi SHuhrat Muhamadiev hamda shu paytgacha Olmaliqda to'p tepib kelgan yarim himoyachi Diyor Turopov bugundan temiryo'lchiga aylanishdi.

Har ikkala futbolchi erkin agent sifatida Loko tarkibiga kelib qo'shildi. Malumot uchun SHuhrat Muhammadiev 1989 yil 24 iyunda tug'ilgan. U Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Muhammadiev bungacha Mashal va Nasaf klublarida faoliyat olib borgan. 2015 yil Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogi ishtirokchisi. SHuningdek, O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ham to'p tepgan.



Diyor Turopov 1994 yilning 9 iyulida tug'ilgan. Jizzax futboli tarbiyalanuvchisi. U 2013 yildan beri oliy ligada Olmaliq sharafini himoya qilib kelgan. O'zbekiston yoshlar va o'smirlar, shuningdek Olimpiya terma jamoamizda bir qator uchrashuvlarda ishtirok etgan. O'ng va chap qanot yarim himoyasida, shuningdek hujumchi ortida ham birdek o'ynay oladi.



Yangi mavsumda Muhammadiev 14-raqamda, Turopov esa 77-raqamli libosda Lokomotiv safida maydonga tushishadi. Biz har ikkala futbolchiga omad tilagan holda Lokomotivga xush kelibsiz deb qolamiz. Quyida yangi futbolchilarning Oliy ligadagi statiskasini keltirib o'tamiz.

SHuhrat Muhammadiev
Tug'ilgan sanasi:
24.06.1989

Futbolchilik faoliyati:
2007 yil. Nasaf: 2 o'yin, 16 daqiqa
2009 yil. Mashal: 13 o'yin, 678 daqiqa
2010 yil. Mashal: 11 o'yin, 367 daqiqa
2011 yil. Mashal: 18 o'yin, 1368 daqiqa, 3 gol
2012 yil. Mashal: 13 o'yin, 853 daqiqa
2013 yil. Nasaf: 16 o'yin, 1294 daqiqa, 2 gol
2014 yil. Nasaf: 24 o'yin, 1993 daqiqa, 1 gol
2015 yil. Nasaf: 23 o'yin, 1970 daqiqa
2016 yil. Nasaf: 24 o'yin, 1917 daqiqa



Diyor Turopov
Tug'ilgan sanasi
: 09.07.1994

Futbolchilik faoliyati:
2013 yil. Olmaliq: 17 o'yin, 943 daqiqa, 1 gol
2014 yil. Olmaliq: 19 o'yin, 1254 daqiqa, 4 gol
2015 yil. Olmaliq: 15 o'yin, 1029 daqiqa, 1 gol
2016 yil. Olmaliq: 25 o'yin, 1656 daqiqa, 4 gol


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика