So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

“Lokomotiv” safida “Al Sadd” darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan futbolchi bilan suhbat Yangiliklar

“Lokomotiv” safida “Al Sadd” darvozasini ikki bor ishg'ol qilgan futbolchi bilan suhbat

2015 yilda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OCHLda o'zining debyutini o'tkazganligidan xabardorsiz.

“Temiryo'lchilar” guruh bosqichida “Al Hilol”, “Fulad”, “Al Sadd” kabi jiddiy raqiblarga duch kelgandi.”Lokomotiv” Qatardagi bahsda 6-2 hisobida mag'lub bo'lgan, o'z maydonida esa yirik 5-0 hisobida g'alabani tantana qilgan edi. Usha o'yinlarda gollarga chernogoriyalik Damir Koyashevich mualliflik qilgandi. Ayniqsa uning “Al Sadd” darvozasiga jarimadan kiritgan goli hamon barchaning yodida. Yaqinda futbolchi bilan bog'lanib saytimiz uchun intervyu oldik.

- Faoliyatingizga nazar tashlaydigan bo'lsak bir jamoada uzoq qolmaganingizni ko'ramiz. So'nggi klubingiz “Radnichki”da ham ko'p vaqt to'p tepmadingiz. Hozirgi klubingiz “Suteska” bilan ham shunday holat takrorlanishi mumkinmi?
- Bu-futbol. Unda gohida o'zingiz istamagan holatlar bo'lib turadi. Muhimi o'z yurtimdaman. Oilam va yaqinlarim yonimda. “Lokomotiv”dan keyingi hayotim turlicha kechdi. “Astana”ga qaytdim u erdan so'ng uyga yani, CHernogoriyaga qaytdim. Nazarimda usha vaqtda o'zim uchun to'g'ri bo'lgan qarorni qabul qildim. CHunki, oilam bilan bog'liq muammolar yuzaga kela boshlagandi. Makedoniyaning “Vardar” klubidagi o'yinlarim bilan terma jamoadan taklif oldim.

- Terma jamoadagi harakatlaringiz o'zingizga maqul kelyaptimi? Muxlislarning tanqidlariga qanday munosabat bildirasiz?
- CHernogoriya terma jamoasi yosh futbolchilardan iborat, Evropadagi eng yosh terma jamoalar sirasiga kiradi. Taklif olganimda xursand bo'ldim. Harakatlarimga ishqibozlar baho bergani yaxshi.

- "Lokomotiv”ni erta tark etishingiz moliyaviy muammolar bilan bog'liqmi yoki siz murabbiy istagan o'yinni namoyish eta olmadingizmi?
- To'g'ri aytdingiz, u erda juda qisqa o'ynadim. Boisi klub meni “Astana”dan ijaraga olgandi. Qozog'iston klubi bilan shartnomam bor edi, transfer huquqim ularga tegishli edi. Futbolchilar, murabbiylar bilan aloqa yaxshi bo'lgan.



- Murabbiy Vadim Abramov joriy yilda yosh futbolchilardan iborat “Bunyodkor” jamoasi bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Abramov haqida qanday fikr bildirasiz?
- U ajoyib inson va tajribali mutahassi hisoblanadi. Terma jamoada faoliyat yuritayotganidan xabardorman. SHaxsan mening fikrimcha u O'zbekistondagi eng yaxshi murabbiy. Ichki chempionatdagi uchrashuvlarni kuzatib bordim. Abramovning jamoasi chiroyli o'yin namoyish etdi. Klubdagi ilk mavsumidayoq qanday natijalar qayd etganini ko'rdingiz. U yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko'radi. Yurtingizdagi qisqa faoliyatim mobaynida bunga guvoh bo'ldim.

- Hamyurtingiz va do'stingiz Marko Simich ikki yildan oshiq “Paxtakor” jamoasida to'p tepib kelyapti. U ushbu mavsum trebl sohibi bo'ldi. Uning uchun xursand bo'lishingiz tabiiy...
- Ha. Marko Simich mening do'stim. Terma jamoada birga to'p tepamiz. U yaxshi saviyadagi himoyachi. “Paxtakor” barcha sovrinlarni o'ziniki qildi. CHunki, ularda mahoratli hujumchi to'purar Dragan CHeran bor. Ularning juftligida klub mamlakat chempioni va kubogi sohibi bo'ldi. CHeran va Simich uchun judayam xursandman.

- Eshitshimizga qaraganda “Lokomotiv”dagi jamoadoshingiz Alisher SHog'ulomov bilan aloqalaringiz saqlanib qolingan ekan. Biroq, u erta butsalarini mixga ildi. O'z vaqtida iqtidorli va tezkor hujumchi edi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- Ha to'g'ri topdingiz. Alisher bilan bir jamoada bo'lganman. Faoliyatini erta tugatishini kutmagandim. Menimcha u kuchli murabbiy bo'lib etishadi. Unda potencial bor.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика