So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  2 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  3 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17

Eldor SHomurodovning dubli tufayli "Rostov" "Lokomotiv"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Eldor SHomurodovning dubli tufayli "Rostov" "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

"Lokomotiv" hamda "Rostov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvi voqealarini shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Lokomotiv Moscow

Anton Miranchuk - 81'

Premier League . 8-tur

31/08/2019, 18:35

2
:
1
Tugadi

FC Rostov

Eldor Shomurodov - 42', Eldor Shomurodov - 58'

Stadion: RZD Arena

45'
90'
29'  Aleksey Miranchuk (Joao Mario)
61'  Rifat Zhemaletdinov (Luka Djordjevic)
64'  Maciej Rybus
81'  Anton Miranchuk
81'  Joao Mario
90'  Vladislav Ignatiev
26'  Mathias Normann
39'  Roman Eremenko
42'  Eldor Shomurodov
42'  Roman Eremenko
58'  Eldor Shomurodov
58'  Aleksey Ionov
60'  Ivelin Popov (Khoren Bayramyan)
67'  Aleksandr Saplinov (Arseniy Logashov)
87'  Aleksey Ionov (Aleksandr Zuev)
88'  Arseniy Logashov


"Lokomotiv" – "Rostov" 1:2

"Lokomotiv stadioni"

Gollar: 0:1 – 41 SHomurodov, 0:2 – 58 SHomurodov, 1:2 – 81 Miranchuk.

"Lokomotiv": Gilerme, Rybus, CHorluka, Xevedes, Ignatev, Barinov, Krixovyak, Miranchuk (Joau Mariu, 30), Miranchuk, Jemaletdinov (Jorjevich, 60), Smolov.

"Rostov": Baburin, CHernov, Sigurdsson, Kozlov, CHistyakov, Eremenko, Normann, Saplinov (Logashov, 67), Ionov (Zuev, 87), Popov (Bayramyan, 60), SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Normann (26), Eremenko (39), Rybus (64), Logashov (88), Ignatev (90).



UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+1. CHERNOOOV! DAHSHAT! "Rostov" darvozaboni to'pga chiqishda xato qildi va to'p darvozaga kirib ketayotgandi. CHernov avvaliga to'pni qaytardi, "Loko" futbolchisi bo'sh darvoza qarshisida to'pni egallab oldi va zarba berdi. Darvoza ichiga kirib ketgan CHernov tanasi bilan to'pni qaytarib qoldi. BARAKALLA!

90. SHOMURODOV! Eldor "Loko" himoyachisining noaniq uzatmasi tufayli raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdi va to'pni uning ustidan tashlab qo'yishga urindi. NOANIQ! Karpin ham bu zarbaga tushunmadi.

86. "Rostov" qarshi hujumga o'tdi. SHomurodov chaproqda bir raqibini aldab, to'pni markazroqdagi Eryomenkoga uzatdi, Aleksandr ham yana bir jamoadoshiga pas berdi. To'p qaytarib Eryomenkoga uzatilganida raqiblar to'pni olib qo'yishdi. Zarba berish kerak edi.

84. CHernov jarohat olgan ko'rinadi, u o'z jarima maydochasi ichida yotibdi.

82. SHomurodovning uzatmasi jamoadoshiga bormadi va "Lokomotiv" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Eldor xatosini to'g'irlash va g'alabani qo'ldan chiqarmaslik uchun himoyaga qaytdi.

81. GOL! Miranchuk hisobni qisqartirdi. Anton Miranchuk to'pni raqib jarima maydonchasi oldida qabul qildi va Baburin darvozasining yaqin burchagini nishonga oldi. 1:2.

79. SHomurodov to'pni Ionovga uzatdi va jamoadoshini darvozabon bilan birga-bir chiqardi. Ionov posbonni aldab o'tdi, ammo uning zarbasi kuchli bo'lmagani tufayli himoyachilar to'pni qaytarib qolishdi.

78. Joau Mariu "Rostov" darvozasiga zarba berdi, to'p yo'nalishi biroz noaniq.

76. Bugungi Eldor shouni tomosha qilish uchun stadionga 20 mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi.

74. "Rostov" jarima maydonchasi chizig'i oldida qoida buzildi. Miranchukning bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi. 

70. Barinovda hisobni qisqartirish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgandi, ammo omad kelmasa qiyin ekan.

68. Standarddan darvoza tomon tepilgan to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

67. SHomurodovga nisbatan raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan qoida buzildi. "Rostov"da hisobni yiriklashtirish uchun ajoyib imkoniyat bor.

Golni kutayotganlar bo'lsa TELEGRAM KANALIMIZga o'tishingiz mumkin.

64. Bayramyan burchakdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, qaytarilgan to'pga Eryomenko chap oyoqda zarba berdi, noaniq.

58. GGGGGOOOOOOOLLLLL!  YANA SHOMURODOOOOOVVV! 0:2!!! Ionovning qanotdan uzatgan pasi himoyachiga tegib, SHomurodovga tushdi, Eldor esa to'pni darvozabon oyoqlari ostidan o'tkazib hisobni 0:2ga etkazdi

53. YANA ELDORRR! Ionov o'ng qanotdan to'pni havolatib jarima maydonchasi ichiga tashladi, SHomurodov esa ikkinchi qavatdagi kurashda ustunlik qildi va darvoza tomon boshi bilan zarba berdi. Gilerme bu safar hamyurtimizning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

50. "Loko" raqibini o'z jarima maydonchasidan qo'yib yubormayapti, darvozabon maydonchasiga bo'layotgan uzatmalar soni oshib bormoqda.

49. "Temiryo'lchilar" hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan hujumga o'tishgan. Hozircha "Rostov" darvozasi tomon amalga oshirilayotgan hujumlarning keti uzilmayapti.

47. "Lokomotiv" chap qanotdan hujumga o'tdi. Barinov to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Baburin esa pastdan kelayotgan to'pni bir amallab ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. SHomurodov va "Rostov"ga muxlislik qilishda davom etamiz.


- Bizdan uzoqlashmang va SHomurodov urgan golni TELEGRAMdagi KANALIMIZdan ko'chirib oling va tomosha qiling.

TANAFFUS!

45+2. "Rostov" hujumlarini to'xtatmayapti. SHomurodov raqib jarima maydonchasida to'pni qabul qila olmadi va vaziyatni qo'ldan boy berdi.

41. SHOMURODOOOOOV! GOOOOOLLLL!!!! Eldor burchakdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib chiqdi va to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi.

41. Eryomenko markazda to'pni qabul qildi va o'ng qanotdan ochilayotgan Normannga to'p uzatdi, uning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

39. Eryomenko "Lokomotiv"ning tezkor qarshi hujumini qoida buzib to'xtatdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

38. Barinov markazda to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va to'pni egallab olgan SHomurodovga nisbatan qoida buzib, qarshi hujumning oldini oldi.

37. "Rostov"ning kombinacion hujumi Normanning chap oyoqdagi zarbasi bilan yakunlandi. Noaniq.

35. SHOMURODOOV! Ionov o'ng qanotdan o'z jamoasining qarshi hujumini amalga oshirdi va to'pni jarima maydonchasi ichidagi Eldorga uzatdi. SHomurodovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. Ajoyib imkoniyat qo'ldan boy berildi.

34. "Rostov" maydonchasiga uzatma, Ribus qaytgan to'pni qachi uslubida tepdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi, hujumning navbatdagi to'lqinida Smolov qanotdan darvozaga zarba berdi, noaniq.

30. O'zgarish. Aleksey Miranchuk o'rniga Joau Mariu maydonga tushdi.

29. ELDORRR! Eryomenko raqib jarima maydonchasiga to'p uzatdi, SHomurodov boshi bilan to'pni darvozaga to'g'irlashga urindi, biroz noaniq.

27. Joau Mariu mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Aleksey Miranchuk jarohat olgan ko'rinadi.

26. Normann Miranchukga nisbatan qoida buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

24. Saplinov ("Rostov") raqib maydonida yotibdi, referi o'yinni to'xtatdi va shifokorlar maydonga tushishiga ruxsat berdi.

20. Mezbonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishdi, Smolov to'pni o'zida uzoq ushlab turdi va kechikkanini sezib, to'pni Krixovyakka uzatdi. Xorvatiyalikning zarbasi esa raqib futbolchisiga tegdi va maydonni tark etdi.

20. Eryomenko o'z qanotidan jarima maydonchasiga yaqinlashib, "Loko" darvozasiga zarba berdi, Gilerme to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

18. Burchakdan uzatilgan to'pni Baburin (darvozabon) qaytarib yubordi, hujumning ikkinchi to'lqinida to'p yana "Rostov" maydonchasiga uzatildi, posbon ko'ziga tushayotgan quyosh tufayli to'pni qiyinchilik bilan egallab oldi.

17. Smolovdan yana bir zarba, ammo to'p "Rostov" himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi...

15. Hozircha hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'yinga ko'p qo'shilayotgani yo'q, chunki uning jamoadoshlari to'pni SHomurodovgacha etkazib berishmayapti. Bazi vaziyatlarda Eldor ikkinchi qavatdagi kurashlarda to'pni rostovliklarga yutib bermoqda.

13. "Temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Krixovyak to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi, uning jamoadoshi bosh bilan bergan zarba darvozaga emas, muxlislar tomonga uchdi.

11. Mehmonlar himoyada payt kutishni istamay hujumga o'tishdi, biroq jarima maydonchasiga uzatilgan to'p "Loko" himoyachilari tomonidan qaytarib yuborildi.

6. "Rostov" joriy mavsum hujumkor uslubga o'tgan bo'lsada hozircha ikkinchi jamoadek ko'rinmoqda. "Lokomotiv" asta-sekinlik bilan kombinacion hujumlar uyushtirmoqda. "Inter"dan ijaraga olingan Joau Mariu esingizdami? U zaxirada.

4. Smolov!!! Fyodor Smolov raqib himoyachilar xatosidan foydalanib to'pni egallab oldi va qarshisida bir himoyachi turganiga qaramasdan darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq!

2. Eslatib o'tamiz, ayni damda 14 ochko yig'gan jamoalar soni 5ta va ular turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. SHomurodov jamoasi ham bu beshlikda bor.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +210   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика