"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" o'yiniga kirish bepul
06 apr 2018 21:30
Yangiliklar


"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" o'yiniga kirish bepul
"Lokomotiv" Superliga 5-turida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.
Stadionga yanada ko'proq muxlislar jalb etish, ularga yanada ko'proq qulayliklar yaratishga intilayotgan "Lokomotiv" PFK mazkur uchrashuvga muxlislarning bepul tarzda kirishlarini taminlashga qaror qildi. 7 aprel kuni soat 18:00da "Lokomotiv" stadionida start oladigan uchrashuvni bevosita o'yingohdan kuzatishni maqsad qilgan barcha muxlislar "Lokomotiv" stadioni kassalariga murojaat qilishlari mumkin. Kassada ularga 1-8 sektorlar uchun bepul biletlar taqdim qilinadi.
Qolaversa, stadionga tashrif buyuradigan barcha ishqibozlar klub do'konlaridan jamoamiz libos hamda atributlarini harid qilish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar