"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" bahsi TTYMI stadionida bo'ladi
19 may 2015 13:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/172609_original.jpg)
![](/upload/storage/172609_220.jpg)
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" bahsi TTYMI stadionida bo'ladi
Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" navbatdagi tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi.
24 may kuni jamoamiz "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Uchrashuv TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.
O'yinning boshlanish vaqti - 18:00.
Bir kun oldin o'tkaziladigan o'rinbosarlar bahsi ham TTYMI stadionida o'tkaziladi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:30.
Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvini Murod Muhamedov boshqaradi. Unga qanotlarda Anvar Marajabov bilan Ziyodullo Abdurahmonov ko'mak berishadi. Rustam Toshmuxamedov - zaxira hakami, uchrashuv nazoratchisi esa Aleksandr Popov.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar