"Lokomotiv" "Qizilqum"ni ketma-ket 9-uchrashuvda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2018, 23:03
Superliganing 1-turida "Qizilqum" o'z uyida "Lokomotiv"ga qarshi o'ynadi.

Uchrashuvda "temiryo'lchilar" 3:0 hisobida zafar quchishdi. Shu tariqa, "Loko" bu jamoani ketma-ket 9-uchrashuvda mag'lub etishga erishdi. Bundan tashqari "Qizilqum" oxirgi 7ta o'yinda ushbu raqib darvozasiga umuman gol ura olmadi.

"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev oxirgi 6ta o'yinning barchasida "Qizilqum" darvozasiga to'p kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia