"Lokomotiv" Qirg'iziston terma jamoasi sardori bilan shartnoma imzoladi
06 iyu 18:02
Yangiliklar
"Lokomotiv" Qirg'iziston terma jamoasi sardori bilan shartnoma imzoladi
"Lokomotiv" davralar oralig'idagi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishga urinmoqda.
"Temiryo'lchilar" Qirg'iziston terma jamoasi sardori Valeriy Kichin bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv yarim yilga mo'ljallangan. Bu haqda "Lokomotiv" Telegram kanalida elon qilindi.
Markaziy himoyachi rolida to'p tepadigan Valeriy Kichin so'nggi 4 yil Rossiyaning "Enisey" klubi sharafini himoya qilib, 119ta bahsda 18ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar