So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  118 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  1 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

"Lokomotiv" Qarshidan yirik g'alaba bilan qaytmoqda Yangiliklar

"Lokomotiv" Qarshidan yirik g'alaba bilan qaytmoqda

Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan "Nasaf" va "Lokomotiv" o'rtasidagi markaziy bahsning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Oliy liga, 15-tur.

Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent) 2:5
10 avgust. Qarshi. “Markaziy” stadion.
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi
: A. Abdullaev (Toshkent).

Gollar
: Farhod Tojiev (13, assistent - Jasur Hasanov), Dilshod Rahmatullaev (28), Ilhom SHomurodov (39, assistent- Maqsud Karimov), Aleksandr Geynrix (45, 50 har ikkalasiga ham assistent- Jasur Hasanov), Kenja To'raev (75, assistent - Farruh Sayfiev), Sadriddin Abdullaev (86).

"Nasaf"
: Eldor Suyunov (Mixail Naumov, 35), SHuhrat Muhammadiev, Botir Qoraev, Maqsud Karimov (Alisher Yusupov, 47), SHerzod Azamov, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev, Ilhom Yunusov, Kenja To'raev, Ilhom SHomurodov (Azamat Allaniyozov, 64).
Zaxira
: Mixail Naumov, Laziz Ubaydullaev, Alisher Yusupov, Igor Taran, Hamza Karimov, Odilbek Hamrobekov, Azamat Allaniyozov.

"Lokomotiv"
: Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev (Bobur Yo'ldoshev, 66), SHavkat Mullajonov, Salim Mustafoev, Ibrohim Raximov, Lutfulla To'raev, Dilshod Rahmatullaev, Fozil Musaev (Sadriddin Abdullaev, 74), Jasur Hasanov (kattasi), Aleksandr Geynrix,  Farhod Tojiev.
Zaxira
: Temur Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, Sadriddin Abdullaev, Ivan Nagaev, Sahob Jo'raev, Artyom Filipposyan, Alisher SHog'ulomov.

Ogohlantirishlar
: Farhod Tojiev (13), Salim Mustafoev (90).

                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Vadim Abramov jamoasi Qarshidan yirik g'alaba bilan qaytmoqda.


90`
O'yinning ikkinchi bo'limiga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88` O'yin taqdiri hal bo'ldi. Qolgan daqiqalar shunchaki vaqtni o'tkazish uchun...

86` GOOOOOOL! Sadriddin Abdullaev! AJOYIB GOL!!!!
Mixail Naumov to'pni mushtlari bilan urib yubordi. Jarima maydonchasi chizig'i oldida turgan Sadriddin Abdullaev o'zining kuchli zarbasi bilan to'pni ajoyib tarzda darvozaga "tiqib" qo'ydi. Bu golni ko'rish kerak!

83`
O'yin asosan maydon markaziga yaqin joyda kechmoqda.

81`
"Lokomotiv" jamoasi asosiy etiborini himoyaga qaratmoqda. Ivan Nagaev va Geynrix esa oldinda o'z imkoniyatlarini kutishmoqda.

79` Kenja To'raev!!!!
Ajoyib zarba darvozaga aniq bormadi.

77`
Aleksandr Geynrixning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

75` GOOOOOOOOL! Kenja To'raev! Farruh Sayfievning qanotdan etkazib bergan to'pini Kenja To'raev darvozaga joylab qo'ydi, 2:4.

74`
Fozil Musaev o'rniga Sadriddin Abdullaev maydonga tushdi.

72`
Endi "Lokomotiv" jamoasi futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatiladi.

70`
O'yin tempi sezilarli darajada tushib ketdi.

68`
Kenja To'raev jarima maydonchasi ichiga kirib yiqildi. Lekin Ravshan Ermatov bu vaziyatda ham penalti belgilashga asos yo'q deb hisobladi.

66`
"Lokomotiv" tarkibida o'zgarish. Islom To'xtaxo'jaev o'rniga Bobur Yo'ldoshev tushdi.

66`
"Nasaf" imkoniyatlardan unumli foydalana olmayapti. Artur Gevorkyan so'nggi pallada to'pni raqibiga oldirib qo'ydi.

64`
Ilhom SHomurodov o'rniga Azamat Allaniyozov tushirildi.

62`
O'yinda to'xtalish yuzaga keldi. Ilhom SHomurodov jarohat oldi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

60`
SHerzod Azamovning yo'llagan kuchli zarbasi darvoza tusiniga tegib qaytmoqda.

59`
O'yin ancha sekinlashdi. "Lokomotiv" to'pni o'zida saqlab turib, vaziyatni yumshatmoqda.

57`
Artur Gevorkyan yaqin masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi.

56`
Kenja To'raev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

55`
Tashabbus to'liqligicha "temiryo'lchilar" qo'liga o'tgan.

53`
"Lokomotiv"ning hujumlari gol bilan yakunlanishda davom etmoqda.

51` "Lokomotiv" jamoasi tarkibida o'zgarish
: Farhod Tojiev o'rniga Ivan Nagaev tushirildi.

50` GOOOOOOOL! Aleksandr Geynrix! Jasur Hasanovning erlatib uzatgan to'piga Sasha aniq zarba berdi va hisobni yiriklashtirdi.

49`
Farruh Sayfievning noaniq pasi mezbonlar hujumini uzib qo'ydi.

48`
Ro'ziqul Berdiev uch himoyachi bilan o'ynamoqda. Artur Gevorkyan o'rtaga ko'chdi. Uning o'rnini Alisher Yusupov to'ldiradi.

47` "Nasaf" tarkibida o'zgarish
: Maqsud Karimov o'rniga Alisher Yusupov tushirildi.

46`
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Statistikani Ziyodulla Safarov tayyorladi.

Birinchi bo'lim statistikasi
:
Darvoza tomon zarbalar
: 10 - 6
Aniq zarbalar
: 2-5
Burchak to'plari
: 4-6
O'yindan tashqari holat
: 0-2
Qoida buzilishi
: 2-5
Ogohlantirishlar
: 0-1


Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45+4` Birinchi bo'lim gollarga boy bo'lmoqda.

45+3` GOOOOOOOOOOOOL! Aleksandr Geynrix! Sasha jarima maydonchasi ichidan Naumov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi, 1:3.

45+2`
Artur Gevorkyan Kenja To'raevni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Lekin Kenja to'pga etib kela olmadi.

45`
Birinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44`
"Nasaf" bir daqiqa ichida ikkita golli vaziyatdan foydalana olmadi.

44` UHHHHH! Farruh Sayfiev!!!! Artur Gevorkyan!!!!! Ketma-ket xavfli hujumlar! Ko'plab vaziyatlar va imkoniyatlar ko'kka sovurilmoqda.

44` Ajoyib bahs!

43` Aleksandr Geynrix! Qanotdan paslatib uzatib berilgan to'pga Sasha oyog'ini qo'ysa gol edi. Lekin so'nggi vaziftda SHerzod Azamov xavfni barataraf etdi.


41` "Lokomotiv" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin samarasiz.

Uchrashuvda hisob qisqardi. "Nasaf" chap qanotdan hujum tashkil etdi. Maqsud Karimovning tashlab bergan to'pini SHomurodov boshi bilan Nesterov darvozasiga kiritdi, 1:2.

39` GOOOOOOOOOL! Ilhom SHomurodov!


38`
"Lokomotiv" pozicion hujum tashkil etishga urinmoqda.

36` Mezbonlar safida o'zgarish
: Mixail Naumov Eldor Suyunov o'rniga maydonga tushdi.

35` "Nasaf"da katta yo'qotish. Eldor Suyunov uchrashuvni davom ettira olmaydi.

34`
Eldor Suyunovga ham shifokorlar yordam ko'rsatish uchun maydonga chiqib kelishdi.

33`
Artur Gevorkyan jarohat olib maydonda yotibdi.

31`
Mehmonlar bugun qarshi hujumlarda juda aniqlik bilan harakat qilishmoqda. Aleksandr Geynrix, Farhod Tojiev, Lutfulla To'raev va Fozil Musaev kabi futbolchilar yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda.

30`
"Nasaf" futbolchilari o'zlarini biroz yo'qotib qo'yishgandek.

28` GOOOOOOOOOOOOL! Dilshod Rahmatulaev! "Lokomotiv" ajoyib hujumni tashkil etdi. Dilshod Rahmatullaev darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi va ikkinchi urinishda to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi, 0:2.


26`
Uchrashuvda to'xtalish yuzaga keldi.

24`
Eldor Suyunov Tojiev bilan bo'lgan to'qnashuvdan keyin maydonda yotibdi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

23` UHHHHH! Farhod Tojiev!!! Qanday imkoniyat?????
Ajoyib hujum. Tojiev Suyunov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va yiqildi. Lekin Ermatov bu vaziyatda ham penalti belgilamadi. Farhod Tojiev ikkinchi golni ham kiritishi mumkin edi.

22`
"Lokomotiv" himoyachilari bu safar ham ishonchli harakat qilishdi va xavfni qaytarishga erishishdi.

21`
"Nasaf" bosimni kuchaytirmoqda. Uchinchi burchak to'pi.

20`
SHuhrat Muhammadiev - Artur Gevorkyan - Ilhom Yunusov - Kenja To'raev - Ilhom Yunusov kombinaciyasi chiroyli ko'rinish oldi. Yunusovning tepgan zarbasini Nesterov tomosha qilib qoldi. Lekin to'p darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

19`
Har ikkala jamoalar ham chiroyli futbol namoyish etishmoqda.

18`
Jasur Hasanovning kuchli zarbasini Eldor Suyunov egallab oldi.

17`
Ilhom Yunusov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Ravshan Ermatov esa bu vaziyatga penalti belgilash kerak deb hisoblamadi.

15`
Mezbonlar to'p nazoratini o'z qo'llariga olishdi.

14`
"Lokomotiv" so'nggi daqiqalarda o'yin tizginini o'z qo'liga oldi va o'z niyatiga erishdi.

13` GOOOOOOOOL! Farhod Tojiev! Jasur Hasanovning chap qanotdan etkazib bergan to'pini Farhod Tojiev deyarli ikki metr masofadan osonlikcha darvozani ishg'ol etdi, 0:1.


11`
SHuhrat Muhammadiev o'ng qanotda raqib futbolchilarini birin-ketin aldab o'tishdan charchamayapti.  

10`
O'yin tempi yuqori. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar uchrashuvni zavqlanib tomosha qilishmoqda.

9`
"Lokomotiv" ham mezbonlar himoyasidagi xatodan yuzaga kelgan xavfli vaziyatni sobir etdi. Jasur Hasanovning qanotdan etkazib bergan to'pini himoyachi bartaraf etdi.

8` Xavfli zarba! Artur Gevorkyan! Ignatiy Nesterov!

7`
Kenja To'raev mehmonlar himoya chizig'i vakillarini ancha shoshirib qo'ymoqda.

6` UHHHH! Xavfli vaziyatlar yomg'iri!
"Nasaf" ikkinchi burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin himoyachilar bu erda yaxshi harakat qilishdi. Erkin Boydullaevning zarbasiga esa biroz aniqlik etishmadi.

5`
"Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi uzilib qoldi. Har ikkala jamoa ham bugun ochiq futbol ko'rsatishmoqchi ekanliklari ko'rinib turibdi.

4`
Aleksandr Geynrix jamoasining tezkor qarshi hujumini boshlagandi. Lekin "temiryo'lchilar" hujumi yakuniga etmay qoldi.

3` Burchak to'pidan so'ng mehmonlar posboni Ignatiy Nesterov xavfni bartaraf etdi. O'yin ancha shiddatli boshlanmoqda.

2` Ilk burchak to'pi. Mezbonlar tepishadi.

1` Uchrashuv boshlandi! Demak biz ham boshladik...


Jamoalar nihoyat maydonga chiqib kelishdi.

Jamoalar haligacha maydonga chiqishganicha yo'q.

Yaqin daqiqalar ichida jamoalar maydonga chiqib kelishadi.

Bugun shuningdek har ikkala jamoaning posbonlari Eldor Suyunov hamda Ignatiy Nesterov o'rtasidagi duel ham bo'lib o'tadi. Terma jamoa darvozabonlari bir-birlariga qarshi.

Aleksandr Geynrix asosiy tarkibda. Ivan Nagaev esa zaxira o'rindig'ida o'yinni boshlaydi.

Stadionga muxlislar tashrifi davom etmoqda. Hozirgacha 8 mingga yaqin ishqibozlar stadionga kelishgan.

Jamoalar tarkibi aniq bo'ldi.

"Nasaf"
: Eldor Suyunov, SHuhrat Muhammadiev, Botir Qoraev, Maqsud Karimov, SHerzod Azamov, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev, Ilhom Yunusov, Kenja To'raev, Ilhom SHomurodov.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, Salim Mustafoev, Ibrohim Raximov, Lutfulla To'raev, Dilshod Rahmatullaev, Fozil Musaev, Jasur Hasanov (kattasi), Aleksandr Geynrix,  Farhod Tojiev.


O'yin boshlanishiga bir soatdan sal ko'proq vaqt qolmoqda.

Muxlislar stadionga tashrifni boshlab yuborishgan.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblar hali elon qilinganicha yo'q.

Bugungi uchrashuvni "SA" o'quvchilariga sharhlab boradigan kamina mehmonlar kiyinish xonasini ko'zdan kechirmoqda:-)

CHempionat to'purarlari bahsida etakchilik qilayotgan Artur Gevorkyanning libosi tayyor




Uchrashuv bosh hakami Ravshan Ermatov va uning yordamchilari ham stadionga etib kelishdi

"Nasaf" jamoasi kiyinish xonasi


Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Oliy liga 15-turining markaziy bellashuvi Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qilmoqda. CHempionlik poygasida ishtirok etayotgan ushbu ikkala jamoaning o'zaro bahslari juda qizg'in kechishi kutilmoqda. Bu uchrashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn tarzida reportaj olib boramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.


Foto: Sardor Nurov.
Onlayn sharhda: SHahboz Beg'amov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика