So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  5 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  8 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

"Lokomotiv" qanday chempion bo'ldi? Yangiliklar

"Lokomotiv" qanday chempion bo'ldi?

Milliy chempionatimizda navbatdagi mavsum o'z nihoyasiga etdi. Oliy liga tugashiga bir tur qolganida “Lokomotiv” o'z tarixida ikkinchi bor chempionlikni qo'lga kiritdi.

“Temiryo'lchilar”ning chempion bo'lishi uchun 67 ochko etarli bo'ldi va jamoa oxirgi turda “Bunyodkor”ni ham mag'lub etib, jami 70 ochko to'plagan holda mavsumni yakunlab qo'ydi. Xo'sh, “Lokomotiv” qanday qilib chempionlikni qo'lga kiritdi? Bu jamoaning chempion bo'lishida ko'proq qaysi omillar muhim rol o'ynadi? Quyida shular haqida to'xtalishga harakat qilamiz.

Raqamlar nima deydi?

Futbolda g'oliblar muhokama qilinmaydi degan gap bor. SHunday ekan, “Lokomotiv”ning chempionligiga shak-shubha yo'q, jamoa mavsum davomida bunga haqli ekanligini isbotlab keldi. Oliy ligada boshqa hech bir jamoa "temiryo'lchilar"ga jiddiy qarshilik ko'rsata olmadi va aytish mumkinki, bu yil ochkolar borasida quvlashmachoq o'ynalmadi, “Loko” o'z ochkolarini yig'ib yakka hokimlik qilishda davom etdi.

Statistikaga murojaat qilsak, “Lokomotiv”ning o'tgan yil 74 ochko yig'ganiga guvoh bo'lamiz.  Bu mavsum esa jamoa 70 ochko to'plash bilan kifoyalandi. Qolaversa, “temiryo'lchilar” o'tgan yil 23ta o'yinda g'alaba qozonishgandi, bu safar g'alabalar soni 22ta bo'ldi. To'plar nisbatida ham ustunlik o'tgan yilgi “Loko” tomonida. Jamoa bu mavsum 67ta gol urishning uddasidan chiqqan bo'lsa, o'tgan yil 77 bor raqiblar darvozasiga to'p kiritgandi. Demak, “Loko” bu yil avvalgi mavsumga qaraganda 10ta kam gol urdi.

Yana bir raqam shuki, “Lokomotiv” bu mavsum to'rtta o'yinda raqiblariga yutqazdi. Bitta mag'lubiyat uyda ro'y berdi: “Paxtakor” bilan kechgan bahsda. Yana uch mag'lubiyat safar bahslarida kuzatildi: “SHo'rtan”, “Bunyodkor” va “Nasaf”ga qarshi o'yinlarda. Ammo baribir ichki chempionatimizda “Lokomotiv”ga teng keladigan jamoa topilmadi.



"Loko" kimlarni har ikkala o'yinda mag'lub etdi?

Oliy ligada chempion bo'lish uchun birorta raqibni faqat uyda yoki safarda mag'lub etishning o'zi kifoya qilmaydi. Buning uchun imkon qadar ikkala uchrashuvda ham g'olib bo'lish talab etiladi. “Lokomotiv” bu yil oliy liganing ettita jamoasini ikkala bahsda ham (uyda va mehmonda) mag'lub etishning uddasidan chiqa oldi. Bular - “Buxoro”, “Olmaliq”, “Qizilqum”, “Dinamo”, “So'g'diyona”, “Obod” va “Metallurg” klublari.

SHuni aytish lozim, bazi sabablarga ko'ra “Lokomotiv” “Metallurg”ga qarshi ikkala uchrashuvni ham o'z maydonida o'tkazdi. Ikkala o'yin natijasiga ko'ra “Lokomotiv” “Buxoro”ni umumiy hisobda 4:1, “Olmaliq”ni 8:1, “Qizilqum”ni 4:0, “So'g'diyona”ni 7:0, “Obod”ni 10:1 va “Metallurg”ni 5:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.

Yirik hisobli g'alabalar

“Lokomotiv” ushbu mavsumda etti bor yirik hisobda zafar quchishning uddasidan chiqdi. SHundan beshtasi uyda va ikkitasi safardagi bahslarda ro'y berdi. Xususan jamoa o'z maydonida “Olmaliq” (5:0), “Qo'qon-1912” (3:0), “So'g'diyona” (3:0), “Neftchi” (4:0), “Obod” (7:0) klublari bilan kechgan bahslarda yirik hisobda g'olib bo'lishni uddaladi. Safarda esa “Dinamo” (5:1) va “So'g'diyona” (4:0) yirik hisobda dog'da qoldirildi. Etibor bersangiz, bu yil “Loko” “So'g'diyona”ga qarshi ikkala bellashuvni ham yirik hisobda o'z foydasiga hal qilgan.

Ketma-ket g'alabali seriyalar

CHempionatni safarda “Mashal”ga qarshi 1:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagan “Lokomotiv” shundan so'ng qatorasiga uch o'yinni o'z foydasiga hal etdi. Jamoa safarda “SHo'rtan”ga imkoniyatni boy bergach, keyinchalik yana uchta o'yinda g'alabaga erishdi. Birinchi davra tugashiga to'rt tur qolganida esa jamoa qatorasiga uch bor yana uch ochkoli bo'ldi.

“Lokomotiv” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlay olmadi. Jamoa o'z maydonida “Mashal” bilan durang o'ynadi. Ammo shundan so'ng ketma-ket to'rt o'yinni o'z foydasiga hal etdi. Orada ikkita mag'lubiyatdan so'ng jamoa yana to'rtta bellashuvda g'olib chiqdi. Ikkita mag'lubiyat “Nasaf” va “Paxtakor” bilan kechgan bahslarda ro'y berdi.

Jamoa safarda “Neftchi” bilan durang qayd etgach, oxirgi uch uchrashuvni ham o'z foydasiga hal etdi. SHunday qilib mavsum boshidan beri “Lokomotiv” ketma-ket olti bor g'alabali seriya qayd etishga muvaffaq bo'ldi.


CHempionlikka tasir ko'rsatgan boshqa omillar

SHu o'rinda chempionlikka tasir ko'rsatgan boshqa omillar haqida gapirmasak bo'lmaydi. Avvalo chempion jamoaning o'zidan boshlasak, “Lokomotiv”ning deyarli o'zgarmagan tarkibi va o'yin uslubi chempionlik uchun muhim ahamiyat kasb etdi. To'g'ri, o'tgan yilgi tarkibdan Server Jeparov, Artur Gevorkyan kabi futbolchilar jamoani tark etishdi, lekin bu ham “temiryo'lchilar”ni unchalik kuchsizlantirib qo'ymadi.

“Lokomotiv” birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlagandi. Jamoa eng yaqin taqibchisi “Qo'qon-1912”dan 8 ochkoga o'zib ketgandi. Ammo qo'qonliklarning sovrinli o'rinlar uchun kurasha olmasligi malum bo'lib qoldi. Bu jamoa yakunda 9-o'rinni egalladi. “Qo'qon-1912” ikkinchi o'rinda borayotgan bir paytda “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” kabi o'z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoalar hali o'zlariga kelib olishmagandi.

Xususan “Paxtakor”da birinchi davraning o'zidayoq to'rt marta bosh murabbiy o'zgardi. “Bunyodkor” Sergey Lushan boshchiligida mavsumni yaxshi boshlay olmadi. Jamoa Mirjalol Qosimov qaytganidan so'nggina avvalgi mavqeiga qaytdi. “Nasaf” esa birinchi davrada ko'p ochko yo'qotdi, bundan tabiiyki “Lokomotiv” ustamonlik bilan foydalanib qoldi va asosiy raqiblarining bir qator ichki muammolari tufayli peshqadamlikni hech kimga bermay ikkinchi davrada ham asosiy taqibchisini 8 ochkoga ortda qoldirgan holda chempion bo'ldi.


Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика