Bugun "Lokomotiv" oliy liganing 9-tur uchrashuvini o'tkazadi. "Temiryo'lchilar" "Lokomotiv" stadionida Toshkentning boshqa bir jamoasi "Paxtakor"ni qabul qilishadi.
O'yin soat 17:00da boshlanadi. Mazkur uchrashuv uchun chiptalar bugun sotuvga chiqdi. Chipta narxi 8 ming so'mdan.
Yana shuni ma'lum qilamizki, "Paxtakor" muxlislari uchun chiptalar 5-sektordan sotiladi. Chiptalar stadion kassasida sotilmoqda.