So’nggi yangiliklar

21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  2 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  8 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  8 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  14 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  2 18:49Маҳдавикия, Миладинович, Еличич, Зейтуллаев, Бердиев ва бошқалар Про лицензияси учун таҳсил олмоқда  1 18:27Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  4 17:58Тайёргарлик авжида: "Навбаҳор" ва "Андижон" ўртасидаги Ўзбекистон Кубоги финалини 3 та вилоят ҳокими стадионда томоша қилади  7 17:35Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: "Бу гуруҳдан иккинчи эмас, биринчи ўрин билан чиқамиз"   1 17:09"Қайрат" устози Иброҳимҳалил Йўлдошевни танқид қилди  5 16:41Кутганмидингиз? Тиниб-тинчимас Роналдудан навбатдаги рекорд!  9 16:17Футзал. Ўзбекистоннинг ЖЧ илк туридаги рақиби Нидерландия Тошкентга етиб келди  5 15:25Жалолиддин Машарипов ва Жамшид Искандеров билан қисқа интервью  2

"Lokomotiv" - O'zbekiston Superkubogi-2015 sohibi Yangiliklar

"Lokomotiv" - O'zbekiston Superkubogi-2015 sohibi

2015 yilgi O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
O'zbekiston Superkubogi-2015
8 mart (yakshanba). Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 14:00
Paxtakor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent) 0:4
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi
: G. Imomov (Toshkent).

Gollar
: Lutfulla To'raev (37), Temurxo'ja Abduholiqov (49), Koryan (56-penaltidan), Marat Bikmaev (89)

Paxtakor (Toshkent)
: Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Adnan Oraxovac, Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Navro'z Alimov (Akbar Ismatullaev, 46), Aleksandr Merzlyakov, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreev (Jaloliddin Masharipov, 58), Vladimir Kozak (SHerzod Karimov, 56).
Zaxira
: Nikita Ribkin, Akbar Ismatullaev, Murod Xolmuhammedov, SHerzodbek Karimov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Bahodir Pardaev.

Lokomotiv (Toshkent)
: Mamur Ikromov, Nemanya Yanichich, Islom To'xtaxo'jaev, Salim Mustafoev, Temur Kapadze (Jasur Hasanov, 56), Jasur Hasanov (kichik) (SHavkat Mullajonov, 59), Oleg Zoteev, Lutfulla To'raev, Sardor Mirzaev, Ruslan Koryan (Marat Bikmaev, 78), Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira
: Sardor Qobuljonov, SHavkat Mullajonov, Marat Bikmaev, Sanjar SHoahmedov, Jasur Hasanov (katta), Alisher SHog'ulomov, Damir Koyashevich.

Ogohlantirish
: Islom To'xtaxo'jaev (63)  

                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH


- O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguna. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Lokomotiv" - O'zbekiston Superkubogi - 2015 sohibi!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.



88` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARAT BIKMAEV! 0:4! Jasur Hasanovning jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini qabul qilib olgan Bikmaev bemalol Lobanov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi va hisobni yanada yiriklashtirdi.



87`
"Paxtakor" hech bo'lmasa bitta gol urish maqsadida oldinga bormoqda. Lekin "Loko" himoyasi bugun juda ishonchli o'ynamoqda.



86`
Kaxi Maxaradzening jarima maydonchasi ichida yiqilgani Ermatovni chalg'ita olmadi. Bu vaziyatda penalti yo'q, tur Kaxi.



84`
"Lokomotiv" qarshi hujumga o'tishga harakat qildi. Biroq ularning bu rejasi amalga oshmadi.



82`
Alo, qanday vaziyat? Qani gol? Yana qanday imkoniyat kerak? SHerzod Karimov, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipovlarda bir qator imkoniyat yuzaga keldi. To'pni shunchaki darvozaga to'g'ri tepish qolgandi xolos...


80`
SHerzod Karimovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.


79` Uchrashuvni bevosita stadiondan turib 7216 nafar tomoshabin tomosha qilmoqda.


78`
"Lokomotiv" tarkibida o'zgarish. Ruslan Koryan o'rniga Marat Bikmaev maydonga chiqdi.


77`
Temurxo'ja Abduholiqovdan ajoyib zarba! Lobanov to'pni qaytarib yubordi.


76`
"Lokomotiv" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtira oldi.


74`
"Lokomotiv" himoyasi bugun ancha ishonchli o'ynamoqda.



72`
"Paxtakor"ning qanotdan uyushtirgan hujumi. Jaloliddin Masharipovning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini qaytarish maqsadida chiqqan Mamur Ikromov xatoga yo'l qo'ydi. Biroq to'pni darvozaga yo'llaydigan "Paxtakor" azosi topilmadi.



70`
"Paxtakor" katta kuch bilan oldinga bormoqda. Egor Krimec deyarli markaziy hujumchi rolida...



69`
Jasur Hasanov qarshi hujumda raqiblaridan qochib ketdi va Lobanov darvozasiga xavf solishga urinib ko'rdi. Biroq Jasurning Lobanov ustidan tashlab qo'ygan to'pini Sasha ushlab oldi.



68`
Xavfli vaziyat! Egor Krimecning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytmoqda....



67`
"Lokomotiv"ning xavfli hujumi! Temurxo'ja Abduholiqovdan zarba! Lobanov bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi.



66`
O'zgarish. "Lokomotiv". Temur Kapadze o'z o'rnini Jasur Hasanovga (kattasi) bo'shatib berdi.


65`
O'zgarish. "Paxtakor". Vladimir Kozak o'rniga SHerzod Karimov chiqdi.


64`
Jarima zarbasi xavfli, biroq besamar chiqdi. Igor Sergeev esa Mamur Ikromovga nisbatan xavfli o'ynadi.


63`
Islom To'xtaxo'jaev jarima maydonchasi chizig'i oldida Masharipovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Ogohlantirish.



61`
Aleksandr Merzlyakovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini qaytarish jarayonida Islom To'xtaxo'jaev jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.



59`
O'zgarish. "Lokomotiv". Jasur Hasanov (kichigi) o'rniga SHavkat Mullajonov tushdi.


58`
O'zgarish. "Paxtakor". Stanislav Andreev o'z o'rnini Jaloliddin Masharipov tushirildi.



57`
"Paxtakor" endi "Lokomotiv" qarshilik taqdim eta oladimi? Samvel Babayan jamoasi katta iroda ko'rsatishi talab etiladi. Aks holda hisob yanada yiriklashishi mumkin...



56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RUSLAN KORYAN! "Lokomotiv"ning legioneri nuqtadan adashmadi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi, 0:3!



55` Penalti! "Paxtakor" himoyasida parokandalik! "Loko"ning navbatdagi hujumi qo'yib yuborildi va natijada Temurxo'ja Abduholiqovni Lobanov yiqitdi.


53`
"Paxtakor" vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga intilmoqda.



51`
Temurxo'ja Abduholiqov o'zining sobiq jamoasi darvogasiga kiritgan golini nishonlamadi va "Paxtakor" muxlislariga o'z hurmatini shu tariqa bildirdi.


49`
Lutfulla To'raevning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Temurxo'ja dastlab o'ziga to'g'irlab oldi va bir himoyachini ortda qoldirib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi, 0:2!


49` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TEMURXO'JA ABDUHOLIQOV!



46
` "Paxtakor" tarkibida o'zgarish. Navro'z Alimov o'rniga Akbar Ismatullaev tushurildi.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!



45`
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


45`
Navro'z Alimovning Mamur Ikromov qo'riqlayotgan darvoza tomon tepgan to'pi noaniq chiqdi.



44`
Ajoyib zarba! Ruslan Koryan! Ruslan jarima zarbasini mohirona ijro etdi. Lobanov bu vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qolganini takidlab o'tish joiz.



43`
"Lokomotiv" jarima zarbasi tepadi.


42`
Bugun gol muallifiga aylangan Lutfulla To'raev chinakamiga yaxshi o'ynamoqda. Jamoasining deyarli barcha hujumlari ushbu futbolchi orqali ttashkil etilmoqda.


41`
Goldan so'ng "temiryo'lchilar" yanada ruhlanib hujumkorlikni oshirishdi. "Paxtakor" hozircha o'ziga kela olgani yo'q.


40`
"Loko"ning navbatdagi hujumi. Ruslan Koryan jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Penalti? Yo'q. Har holda Ravshan Ermatov bu vaziyatni shunday baholadi.


38`
"Lokomotiv" hujumkorlikni yanada oshirmoqda.





37` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUTFULLA TO'RAEVVVVVVVVVVVVVVV! SUPERGOL! Lutfulla To'raev chamasi 28-metrlar masofadan to'pni Aleksandr Lobanov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi, 0:1! Lobanov bu vaziyatda stadionga yig'ilgan tomoshabinlar kabi golni tomosha qildi....



37`
Jamoalar hujumkor o'ynashga harakat qilishmoqda. Lekin darvozalar tomon berilayotgan zarbalar soni juda kam.



35`
Davron Hoshimov o'z qanotidan faollik ko'rsatdi va yorib kirib borib to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Navro'z Alimovning bosh bilan yo'llagan zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi.



33`
Lutfulla To'raev va Sardor Mirzaev to'pni o'yinga kiritishdi va o'zaro kombinaciya uyushtirishmoqchi bo'ldi. Biroq ularning bu rejasi ish bermadi.


32`
Kaxi Maxaradze Sardor Mirzaevga nisbatan qoidani buzdi. Jarima zarbasi.


30`
Oleg Zoteev bir o'zi "Paxtakor" himoyasini yorib o'tmoqchi bo'ldi. Lekin uning harakatlarini raqib futbolchilari "o'qiy" olishdi.


29`
O'yin surati biroz pasaydi.


27` 
Jamshid Iskanderovning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq ko'rinish oldi.


25`
Navbatdagi burchak to'pi. Lutfulla To'raevning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.



24`
Aleksandr Lobanov burchakdan oshirib berilgan to'pni ushlab oldi.



23`
"Loko"ning uzoq tashkil etgan hujumi natijasida burchak zarbasi ishlab olindi.



22`
Jamshid Iskanderov to'pni o'ng qanotda turgan Igor Sergeevga uzatdi. Igor esa offsaydda qolib ketdi.



20`
Jamoalar to'pga egalik qilishlari bilan oldinga intilishmoqda va stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga chiroyli futbol taqdim etishga harakat qilishmoqda.



19
` "Lokomotiv" jamoasi burchak to'pini amalga oshirdi. "Paxtakor" futbolchilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashdi va xavfni bartaraf etishdi.


17`
Mamur Ikromov! Qoyil! Kaxi Maxaradzening jarima maydonchasi ichidan yo'llagan kuchli zarbasini Ikromov bartaraf etib qoldi. Tasanno!


16`
Mamur Ikromov o'z postini tark etib yuzaga kelayotgan xavfni "akrobatik" uslubda bartaraf etdi. Qoyil!



15`
"Paxtakor" standart vaziyatiga ega bo'ldi. Biroq ushbu vaziyatdan "sherlar" unumli foydalana olishmadi.



14`
Jasur Hasanov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. Aks holda "Lokomotiv"ning hujumi juda xavfli ko'rinish olayotgan edi.


13`
O'yin biroz tinchlangandek. "Paxtakor" vakillari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishga harakat qilishmoqda.



11`
Temur Kapadze uzoqdan zarba yo'lladi. Xavfli, lekin noaniq.



10`
Ketma-ket ikkita burchak zarbasini amalga oshirgan "Loko"ning hujumi xavfli chiqdi. "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida sarosima yuzaga keldi. Biroq to'pni darvozaga joylab qo'yadigan futbolchi topilmadi.



9`
Ruslan Koryandan zarba! Aleksandr Lobanov bir amallab to'pni qaytarib qoldi. Burchak zarbasi.



8`
Jamoalar hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilishmoqda.



6`
Temurxo'ja Abduholiqovdan zarba! Abduholiqov hozirgi vaziyatda bir himoyachini ustalik bilan aldab o'tdi va darvozaga zarba yo'lladi. To'p esa yo'l-yo'lakay jamoadoshiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi.


5`
"Lokomotiv" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga erishdi. Endi Abramov jamoasi hujumga intilmoqda.


4`
Jarima zarbasidan naf chiqmadi. Jamshid Iskanderov hamda Andreevning o'zaro tashkil etgan kombinaciyasidan Igor Sergeev to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Mamur Ikromoq o'z o'rnida.


3`
Stanislav Andreev tomonidan oshirib berilgan to'pni "Loko" himoyachilari bartaraf etishdi. Maxaradze jarima maydonchasi ichidan qaytgan to'pni jamoadoshi uzatdi. Biroq "Loko" futbolchilari o'z jarima maydonchalari oldida qoidani buzishdi.





2`
"Paxtakor" o'yinni faollik bilan boshladi. Ilk burchak to'pi.





1` UCHRASHUV BOSHLANDI!




- O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda...


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Futbol muxlisalari hamda onajonlarimizni bayram bilan tabriklagan holda O'zbekiston Superkubogi-2015 uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyasini boshlaymiz! Bugun bosh sovrin uchun O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" hamda O'zbekiston Kubogi sohibi "Lokomotiv" jamoalari o'zaro kurash olib borishadi. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- O'yin soat 14:00da boshlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика