So’nggi yangiliklar

20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  117 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  29 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2

“Lokomotiv” Oston O'runov va yana besh futbolchini tanishtirdi Yangiliklar

“Lokomotiv” Oston O'runov va yana besh futbolchini tanishtirdi

Teglar :  Lokomotiv
24 iyul kuni O'zbekiston chempioni “Lokomotiv” klubi ikkinchi davradan oldin o'z tarkibiga qo'shib olgan futbolchilarni tanishtirdi.

Yozgi transfer oynasi vaqtida “temiryo'lchilar” safini Oston O'runov (“Navbahor”), Medina Smit (“Qizilqum”), Javohir Esonqulov (“Qo'qon-1912”), Javohir Sohibov (“So'g'diyona”), Ibrohim G'anixonov (“Paxtakor”), Toxir Rafaelov (erkin agent) kabi futbolchilar to'ldirishdi. 

Tanishtiruv marosimida klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov va yangi futbolchilar ishtirok etishdi. Faqatgina Javohir Esonqulov tibbiy ko'rikdan o'tayotgani sababli tadbirga kela olmadi. 



Dastlab To'labek Akramov o'z fikrlarini bildirdi: 

“Ikkinchi davraga tayyorgarlik haqida gapiradigan bo'lsak. Jamoamiz odatda yozgi tanaffusni xorijda o'tkazardi. Ammo davralar oralig'i qisqa bo'lgani sababli va asosiy futbolchilarimizning ko'pchiligi yanvar oyidan buyon dam olmagani tufayli Toshkentda yig'in o'tkazishga qaror qildik. 

Yig'in vaqtida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatiga etibor qaratishdi. Bir nechta o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tdi. Jamoamizni Azizbek Haydarov va Husniddin G'ofurov tark etishdi. Ularning o'rnini yosh futbolchilar bilan to'ldirishga qaror qildik. “Lokomotiv” tajriba va yoshlar uyg'unligiga urg'u berishdi. 

- Amalga oshmagan transferlar bo'ldimi? 

- Ha albatta. Ammo uning ismini ayta olmayman. Bu klub siri bo'lib qolsin. 

- Yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzening ketishiga nima sabab bo'ldi? 

- Timur Kapadze birinchi davra tugashidan oldin rahbariyat bilan uchrashib Superliga klublaridan birida ishlash niyatida ekanligini malum qildi.  Unga omad tilab xayrlashdik. Kapadze uchun eshigimiz doimo ochiq. 



- Odatda klublarda moliyaviy imkoniyati pasayganida yoshlarga etibor qarata boshlaydi. “Lokomotiv”da moliyaviy holatida o'zgarish sodir bo'ldimi? 

- Moliya tomonlama hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Uch yildan buyon chempionlikka erishib kelayapmiz. Jamoa o'zagini tashkil etuvchi futbolchilar 30dan oshgan. Ularga o'rinbosar tayyorlash kerak. Buning uchun ancha vaqt ketadi. 

- Yangi futbolchilar bilan qancha muddatga shartnoma imzolandi va ularning transfer narxlari haqida malumot bersangiz. 

- Faqat Oston O'runovning transferi uchun 343 million so'm to'lab berdik. Qolgan futbolchilar erkin agent sifatida qo'shildi. Medina Smit Latviyaning “Spartak” klubidan ijaraga olingan. Futbolchilar bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolangan. 



SHundan so'ng yangi futbolchilarga “Lokomotiv” klubi liboslari taqdim etildi. 

Unga ko'ra Oston O'runov – 6, Javohir Sohibov – 15, Medina Smit – 22, Tohir Rafaelov – 40, Ibrohim G'anixonov – 18, Javohir Esonqulov – 21 raqamlarida o'ynaydigan bo'lishdi.  

Futbolchilar “Lokomotiv”ga o'tish qanday amalga oshgani haqida gapirib o'tishdi. 

Oston O'runov: “O'tgan yil qishda ham klubdan taklif tushgan edi. Ammo o'shanda transfer amalga oshmagandi. “Navbahor”da 6 oy o'ynashga keyin “Lokomotiv”ga o'tishga qaror qilgandim. “Navbahor”dan ketish juda qiyin bo'ldi. Klub rahbariyati va muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Kelajakda o'sishga erishib Evropaga ketishni istayman“.

Javohir Sohibov: “Og'ir jarohat olganimdan keyin “So'g'diyona” safiga borib qo'shilgandim. Samvel Babayanning taklifi bilan “Lokomotiv”ga keldim. Agar raqobatdan qo'rqqanimda futbolchi bo'lmasdim. “Paxtakor”dan ham raqobat tufayli ketmaganman, jarohat tufayli ketganman. “Lokomotiv”da o'zimni ko'rsatishga va oldingi formamga qaytishga harakat qilaman”. 



Ibrohim G'anixonov: Faoliyatim davomida “Paxtakor”da o'ynaganman. Ammo jarohat oldim va imkoniyat kam berildi. SHu bois “Lokomotiv”ga ko'chib o'tdim”. 

Tohir Rafaelov: “Faoliyatimni Yangier akademiyasida boshlaganman. Samvel Babayan meni “Lokomotiv”ga taklif qildilar. “Lokomotiv” faoliyatimdagi ilk professional klubim bo'ldi. 

Medina Smit: “Lokomotiv”ni O'zbekistondagi eng yaxshi klub deb bilaman. Futbolchi sifatida o'sish uchun eng ideal klub deb bilaman. Hali yoshman, klub uchun borimni berishga harakat qilaman. Samvel Babayan bilan “Spartak” Yurmala klubida birga ishlaganman. Uning uslubi juda yoqadi. O'yinchilarga nisbatan munosabati, istagan narsasini etkazib berishi, professionallik hislatlarini hurmat qilaman”. 


Tanishtiruv marosimidan fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


foto: Jahongir Fayzullaev



Narzulla Saydullaev

Reyting: -115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика