"Lokomotiv" o'rtoqlik uchrashuvida Moskva klubi bilan durang o'ynadi
04 fev 2019 21:44
Yangiliklar
"Lokomotiv" o'rtoqlik uchrashuvida Moskva klubi bilan durang o'ynadi
Moskvaning "Dinamo" klubi bilan kechgan bellashuvda "temiryo'lchilar" 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Uchrashuvda hisob dastlab "Dinamo" futbolchisi Evgeniy Markov tomonidan ochildi. 61-daqiqaga kelib hisob tenglashdi va bunda zaxiradan maydonga tushgan Avazbek O'lmasaliev raqib darvozasiga to'p kiritdi.
SHunday qilib "Loko"ning Antaliya yig'inidagi ilk nazorat bahsi durang natija bilan yakun topdi. Andrey Fyodorov shogirdlari navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 6 fevral kuni Qozog'istonning "Astana" klubiga qarshi o'tkazishadi.
4 fevral. O'rtoqlik uchrashuvi
"Lokomotiv" - "Dinamo" (Moskva) 1:1
"Lokomotiv" tarkibi: Javohir Ilyosov, SHuhrat Muhammadiev, Igor Yelich, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Yovan Jokich, Alisher SHog'ulomov, Sardor Mirzaev, Jamshid Iskanderov, Husniddin G'ofurov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxiradan tushganlar: Mamur Ikromov, Arslonmurod Amonov, Aziz Haydarov, Filipp Rayevac, Avazbek O'lmasaliev, Sergey Proxorov, Farrux Ibrohimov, Bobur Ergashev.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar