So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

“Lokomotiv” oldida dastlabki sinov Yangiliklar

“Lokomotiv” oldida dastlabki sinov

Ertaga oliy ligadagi ikki jamoamiz Osiyo chempionlar ligasida bu yilgi ishtirokini boshlaydi.
“Nasaf” Qatarda “Al Jayish”ga qarshi maydonga tushsa, “Lokomotiv” Toshkentda Quvaytning “Quvayt SK” klubini qabul qiladi. OCHL-2014ning pley-off o'yinlari bitta uchrashuvdan iborat va bunda yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. SHunday ekan, “Nasaf” ham, “Lokomotiv” ham ehtiyot bo'lib to'p surmasa bo'lmaydi. Har ikkala jamoa bu bosqichdan o'tgan taqdirda pley-offning yana bitta bosqichida ishtirok etishlariga to'g'ri keladi. SHundan keyingina jamoalar guruh o'yinlariga yo'l olishi mumkin. Ko'rib turganingizdek, guruh bosqichiga chiqish uchun “Lokomotiv” va “Nasaf”ga oson bo'lmaydi. Ammo qalovini topsang qor ham yonadi deganlaridek, astoydil harakat qilinsa, qishdagi natijalar biz uchun ijobiy ko'rinish olishi mumkin.

“Lokomotiv” o'z uyidagi uchrashuvni “Paxtakor” markaziy stadionida o'tkazadi. O'yinning boshlanish vaqti - 15:00. Malumotlarga ko'ra, shu kuni poytaxtda havo bulutli, minus 3-5 daraja sovuq bo'lishi kutilyapti. Ehtimolki, qor ham yog'ib qolishi mumkin. “Temiryo'lchilar” o'tgan yil OCHL pley-off bosqichida qatnashib, bitta o'yindan iborat bahsda BAAning “Al Nasr” klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan holda musobaqani tark etgandi. Farqi shundaki, jamoa o'tgan yil o'z o'yinini safarda o'tkazgandi, bu gal esa o'z maydonida to'p suradi. Lekin eng qizig'i, “Loko”ning o'tgan mavsum OCHLdagi ilk uchrashuvini yaponiyalik hakam Masaaki Toma boshqargan ekan. Bu safar ham dastlabki bahsini yaponiyalik referi boshqarib boradi: Toju Minoru.

Jamoaning mavsumga tayyorgarligi bir maromda kechdi. OCHL munosabati bilan “temiryo'lchilar” ancha avval va jiddiy tarzda mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Albatta, yanvardagi tayyorgarlik jamoa uchun eng muhim palla bo'ldi deb ayta olamiz. Jamoa 10 yanvargacha Toshkentda yig'in o'tkazdi. Keyin 11-26 yanvar kunlari BAAda bo'lib qaytdi. “Lokomotiv” u erda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, “Qayrat” (Qozog'iston) va “Ural” (Rossiya) ustidan g'alaba qozondi, “SHaxtyor” (Ukraina) va “Beyjing Goan” (Xitoy)ga imkoniyatni boy berdi. Biz bilamizki, nazorat bellashuvlarida natija katta rol o'ynamaydi. Muhimi, murabbiy jamoasi uchun maqul keladigan taktikani belgilab olishi, shuningdek yangi o'yinchilarni ko'zdan kechirishi.

Endi jamoaning transfer siyosati haqida fikr yuritamiz. “Lokomotiv” o'tgan yil o'z tarkibini 9 nafar futbolchi bilan boyitib olgandi: Timur G'aniev, Viktor Karpenko, Sanjar Tursunov, Farhod Tojiev, Jasur Hasanov, Alan Kusov, Ivan Nagaev, Salim Mustafoev va Pavel Smolyachenko. Lekin bu futbolchilarning birortasi ham “Loko”da yulduzlik maqomiga chiqa olmadi. Masalan, Timur G'aniev “Nasaf”dagi Eldor Suyunov bilan solishtirganda yarq etib porlamadi. Viktor Karpenkoning ham unchalik o'yini qovushmadi. Sanjar Tursunovning mahorati pasayib ketdi, keyin o'zi ham ketib qoldi. Farhod Tojiev uchun hammasi yaxshi ketayotgandi, biroq kutilmagan jarohat unga pand berib qo'ydi. “Buxoro”dan o'tgan Jasur Hasanov “Buxoro”dagi o'yinlarini namoyish etib yuraverdi. Alan Kusov nimani qoyillatganini o'zi ham bilmasa kerak. Ivan Nagaev qachon o'tkir hujumchi bo'lib terma jamoamizning asosiy quroliga aylanadi, buni kutaverib ko'zlarimiz to'rt bo'ldi. Salim Mustafoev bilan Pavel Smolyachenko ham amalda hech narsani qoyillata olishmadi.

Lekin klub bu bilan to'xtab qolgani yo'q. “Lokomotiv” bu safar 10ta yangi futbolchini safga qo'shib oldi. Xususan “Bunyodkor”dan Ignatiy Nesterov, Lutfulla To'raev, Anvar G'ofurov va Jasur Hasanov. “Neftchi”dan Sardor Mirzaev bilan Eldor Isaboev. SHuningdek, Ruslan Melzitdinov bilan Marta Bikmaev ham “Loko”da to'p suradigan bo'lishdi. Legionerlardan ukrainalik Vyacheslav SHevchenko bilan moldovalik Andrey Kojokar taklif etildi. Jamoani tark etganlar ham yo'q emas. Aleksandr Onika, Dilshod Rahmatullaev, Ilhom Suyunov, Artur Parvanov, Sobir Usmonxo'jaev, Pavel Bugalo singari futbolchilar jamoa bilan xayrlashishdi.

Bir qarashda tarkib jarangdor nomlardan iboratligini payqash qiyin emas. Avvalo “Bunyodkor”dan to'rt nafar futbolchining “Loko”ga o'tgani bejizga bo'lmasa kerak. Aftidan Mirjalol Qosimov endi bu o'yinchilar jamoamizga yordam bera olmaydi degan alfozda shu to'rt futbolchi bilan osongina xayrlashgan ko'rinadi. Lekin “Lokomotiv” ham o'z oldiga “Bunyodkor”nikidan kam bo'lmagan maqsadlarni qo'yayotganini hisobga olsak, hamma gap shu o'yinchilarni o'ynata bilishda. Buning uchun murabbiydan qattiqqo'llik, bilim va mahorat talab etiladi.

Yurtimizda qishning sovuq nafasi kezib yurgan bo'lishiga qaramay, futbol bahori boshlanmoqda. Bahorning ilk nafasini “Lokomotiv” va “Nasaf” olib keldi. SHu o'rinda har ikkala jamoaga ertangi bahsda omad va zafar tilab qolamiz.

Xayrulla Xoliqov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика