So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  5 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

"Lokomotiv": OCHL yakunlari. 23 futbolchi va 10ta gol Yangiliklar

"Lokomotiv": OCHL yakunlari. 23 futbolchi va 10ta gol

Osiyo chempionlar ligasida guruh o'yinlari yakuniga etdi.
O'z tarixida ilk bor OCHL guruh bosqichida qatnashgan "Lokomotiv" oltita o'yin o'tkazib, bir marta g'alaba qozondi va bir bor durang o'ynadi. SHuningdek, to'rtta uchrashuvda mag'lub bo'ldik. "Temiryo'lchilar" o'z uylarida Qatarning "Al Sadd" klubini 5:0 hisobida mag'lub etishdi. Eronning "Fulad" jamoasi bilan 1:1 o'ynashdi.

"Al Hilol" bilan kechgan har ikkala bahsda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak, safarda "Al Sadd" va "Fulad"ga ham imkoniyatni boy berdik. "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov mana shu o'yinlarda jami 23 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Faqat ikki nafar o'yinchigina hamma uchrashuvlarda ishtirok etdi. Bu - Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Nemanya Yanichich. Aytgancha, Temurxo'ja o'z hisobiga bitta gol ham yozib qo'ydi.

"Lokomotiv" futbolchilari guruh o'yinlarida jami 10ta gol urishdi. Taqqoslash uchun "Bunyodkor" 2ta, "Paxtakor" 6ta, "Nasaf" esa 5ta gol urdi. Ammo 10ta gol urib ham "Loko" guruhdan chiqa olmadi. Aksincha, "Lokomotiv"ga nisbatan bitta kam to'p kiritgan "Al Hilol" bilan "Al Sadd" guruhdan chiqishni uddaladi. Abramov shogirdlari faqat safarda "Fulad" bilan kechgan bahsdagina to'p kirita olishmadi xolos.

Achinarlisi shuki, "Lokomotiv" o'nta gol urib ham guruhdan chiqa olmadi. Buning ustiga jamoamiz musobaqani oxirgi o'rinda tugatdi. Ammo futbolchilarimiz OCHLda qatnashib, o'ziga yarasha tajriba to'plashdi deb o'ylaymiz.

Kim nechta o'ynadi?
Temurxo'ja Abduxoliqov -6
Nemanya Yanichich-6
Lutfulla To'raev -5
Temur Kapadze -5
Ruslan Koryan -5
Sanjar SHoahmedov -5
Jasur Hasanov (kichik) -5
Jasur Hasanov (katta) -5
SHavkat Mullajonov -4
Sardor Mirzaev -4
Islom To'xtaxo'jaev -4
Oleg Zoteev -4
Mamur Ikromov -4
Damir Koyashevich -4
Salim Mustafoev -4
Marat Bikmaev -3
Ikrom Aliboev -3
Dilshod Rahmatullaev -3
Alisher SHog'ulomov -1
Ignatiy Nesterov -1
Bobur Yo'ldoshev -1
Ibrohim Rahimov -1
Abror Karimov -1

"Lokomotiv" qayd etgan natijalar
1-tur. 25 fevral
"Al Hilol" - "Lokomotiv" 3:1
Gol:
Sardor Mirzaev

2-tur. 4 mart
"Lokomotiv" - "Fulad" 1:1
Gol:
Oleg Zoteev

3-tur. 17 mart
"Al Sadd" - "Lokomotiv" 6:2
Gol:
Damir Koyashevich, Jasur Hasanov (penalti)

4-tur. 8 aprel
"Lokomotiv" - "Al Sadd" 5:0
Gol:
Marat Bikmaev (2), Sanjar SHoahmedov, Ruslan Koryan, Damir Koyashevich.

5-tur. 21 aprel
"Lokomotiv" - "Al Hilol" 1:2
Gol:
Temurxo'ja Abduxoliqov

6-tur. 5 may
"Fulad" - "Lokomotiv" 1:0

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика