"Lokomotiv" nishonida Abduxoliqov, Gevorkyan va Jasur Hasanov
22 noy 2013 18:58
Yangiliklar

"Lokomotiv" nishonida Abduxoliqov, Gevorkyan va Jasur Hasanov
Bugun "Lokomotiv" murabbiyi Xakim Fuzaylov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Lokomotiv" klubi 31 dekabrdan erkin agentga aylanadigan Temurxo'ja Abduholiqovga qiziqish bildirmoqda. "Temiryo'lchilar" ustozi Hakim Fuzaylov ham bu malumotni tasdiqladi. SHuningdek, O'zbekiston vice-chempionlari nishonida Artur Gevorkyan ("Nasaf"), Jasur Hasanov ("Bunyodkor") kabi futbolchilar ham turibdi.
"Ha, Abduholiqov biz qiziqish bildirayotgan futbolchilar ro'yxatida bor. Tojievning jarohat olgani va yanvar oyi oxirlariga borib umumiy guruhga qaytishini inobatga olsak, yaxshi hujumchiga muhtojmiz. Temurxo'jada OCHLda qatnashish tajribasi bor. Birinchi raqamli og'riqli nuqta bu darvoza. Temur G'aniev va Sarvar Karimov bor. Uchinchi darvozabon tajribali va mahoratli bo'lishi kerak", - deydi Fuzaylov biz bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Lutfulla To'raev "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzib bo'ldi.
Kamoliddin Alimov.

Fikrlar