So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  31 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

"Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuviga nazar (tahlil) Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuviga nazar (tahlil)

Superliganing 27-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvini tahlil qilamiz.

Rossiyalik taniqli futbolchi, ayni paytda "Navbahor" murabbiyi sifatida ishlayotgan mutaxassis qo'l ostida namanganliklar ilk safar o'yinini o'tkazdi. Amaldagi chempion mehmoni bo'lgan "Navbahor" kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi - 1:0.

"Navbahor" yangi murabbiyi qo'l ostida bunga qadar "Buxoro" bilan Namanganda uchrashgan va birgina gol evaziga g'alabani tantana qilgandi. "Lokomotiv" esa o'tgan turda principial raqibi "Paxtakor" maydonidan ishonchli g'alaba bilan qaytgandi.

Mazkur o'yin turnir jadvali etibori bilan muhim ahamiyat kasb etardi. G'alaba "Lokomotiv"ni chempionlik sari yanada yaqinlashtirsa, "Navbahor"ga kamida bronza medallari uchun bo'lgan kurashini yanada engillashtirardi. Kechagi o'yin haqida batafsil to'xtalib o'taman.

Andrey Fyodorov qo'l ostida "Loko" oxirgi o'yinlarda odatda 5-3-2 sxemasida o'ynayotgandi. Ammo jamoa "Paxtakor" bilan uchrashuvda o'zining odatiy sxemasidan voz kechib, avvalgi taktikasi, yani 4-3-3 sxemaga qaytgandi. Natijada jamoa aynan shu sxemada o'zining bor potencialini yuzaga chiqara oldi. G'alaba keltirgan mazkur sxemani Fyodorov "Navbahor" bilan bo'lgan o'yinda ham o'zgartirmadi. Jamoa 4-3-3 sxemasida o'yinni boshladi. Himoya markazida Anzur Ismoilov va Islom To'xtaxo'jaev joy olgan bo'lsa, Muhammadiev va Zoteev qanotlarda harakatlanishdi. Yarim himoya markazi Maxaradze, Aliboev va SHoahmedov bilan to'ldirildi. Hujumdagi uchlikdan esa Mirzaev-Abduxoliqov-Bikmaev harakat qildi.

Andrey Kanchelskis ham jamoasini "Loko" tanlagan taktik sxema asosida maydonga tushirdi. "Navbahor" futbolchilari ham maydonda 4-3-3 joylashuvida o'yinni boshlashdi. Kanchelskis o'yindan avval tarkibda bir qator yo'qotishlarga duch kelgani bois bazi kutilmagan o'zgarishlarni amalga oshirdi. Masalan, diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborgan Hoshimov o'rniga o'ng qanot himoyasida Tomislav Payovich o'ynadi. Aslida markaziy himoyachi sanalgan Payovich uchun bu nuqta yangilik bo'ldi. Kerak paytda "Navbahor"da markaziy himoya va o'ng qanot himoyasida o'ynagan Darko Stanoevich bu gal markaziy himoyada Golban bilan tandemda harakat qildi. CHap qanotda esa doimgidek Mirzohid G'ofurov qo'yildi. Markazda esa Azam Aliev, Jahongir Mehmonov va Ayubxon No'monov "uchligi" harakatlandi. Aziz Turg'unboev doimgidek chap qanot vingeri rolida, o'ng qanotda esa aslida markaziy yarim himoyachi sanalgan Oston Urunov o'ynadi. Markaziy hujumda esa yaqqol nominal forvard sifatida Ro'zimboy Ahmedov qo'yildi.

O'yin "Lokomotiv"ning tashabbusi ostida boshlandi. "Navbahor" esa chuqur himoyalanib, o'z omadini qarshi hujumda izlashga harakat qildi. "Lokomotiv" ustunlikka egalik qilib, o'yinni to'liq nazorat qildi. Birinchi bo'lim mezbonlarning mehmon jamoa himoyasidagi bo'shliqlarini izlash bilan o'tdi. "Navbahor" esa himoyada tartibli o'ynadi. Ammo "Navbahor" o'yindan avval rejalashtirilgan qarshi hujum taktikasini dastlabki bo'limda kutilganidek faol qo'llay olmadi.

Birinchi bo'limda "Loko"da majburiy o'zgarish ruy berdi. O'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadievni jarohati bezovta qilgani uchun o'rniga Sadriddin Abdullaev maydonga tushirildi. Bu o'zgarishdan To'xtaxo'jaev o'ng qanot himoyasiga, tayanch zonasida o'ynagan Maxaradze markaziy himoyaga qaytdi. Abdullaev esa tayanch hududidan joy oldi.

"Lokomotiv" himoyachilari birinchi bo'limda raqib hujumini bartaraf etishdan ko'ra, jamoa hujumini tuzishda ko'proq ter to'kishdi. Ammo dastlabki taymda bu ishni uddalashni imkoni bo'lmadi. "Navbahor" mudofaa chizig'i shu kuni ancha tartibdi va ishonchli o'ynaganini takidlash lozim.

SHu tariqa tanaffusga qadar tablodagi hisob o'zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo'limni ham jamoalar xuddi birinchi taymdagi scenariy ostida boshlashdi. "Loko" hujumga o'tdi, "Navbahor" esa himoyalanish bilan band bo'ldi. Kanchelskis jamoasi qarshi hujum taktikasiga tayanib o'ynadi, ammo mehmonlar qarshi hujumda ham "Loko" darvozasi oldida hech qanday xavf sodir eta olishmadi. "Navbahor" faqatgina standart vaziyatlaridan gol urish imkoniyatiga yaqin keldi xolos.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Kanchelskis hujumchi Ro'zimboy Ahmedov o'rniga markaziy yarim himoyachi Dilshod Jabborovni tushirdi. "Navbahor" esa bu vaqtga kelib maydonda hujumchisiz qoldi. SHu sababli, qanotda vinger sifatida o'ynagan Oston Urunov markaziy hujumchi rolida paydo bo'ldi. Qanotda esa markaziy yarim himoyada o'ynab turgan Azam Aliev tushdi. Jabborov esa o'zining azaliy joyi markazdan o'rin oldi. Bu o'zgarish orqali Andrey Kanchelskis maydon markazini yangilab, asosiy etiborini hisobni ushlash qolishga qaratdi va tavakkal qilib jamoani hujumchisiz qoldirdi.

Ammo Kanchelskis o'ylagan reja ish bermadi. "Lokomotiv" o'yin tugashiga 14 daqiqa qolganida nihoyat "Navbahor"ning mustahkam himoyasini yorib o'tishga erishdi. Markazdan boshlangan hujum chap qanotga ko'chdi va Aliboev o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Bikmaevni pas bilan taminladi. Natijada Bikmaev ortiqcha qiyinchiliksiz bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi.

"Navbahor"ning mudofa chizig'idagi birgina etiborsiz harakatidan "Loko" unumli foydalandi. Murabbiylar o'rtasida kechgan taktik kurashda Fyodorov tanlagan yo'l samara keltirdi. "Navbahor" tanlagan yo'l 76 daqiqa davomida yaxshi ishladi. Ammo yakunda mehmonlar himoyasi butun o'yin davomida yuqori bosimga dosh bera olmadi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Kanchelskis baribir yana hujumchini maydonga tushirishga majbur bo'ldi. Ammo uning Sardor Sulaymonovni maydonga tushirishi hech qanday naf bergani yo'q. Jamoa birinchi o'zgarishdan keyin ham, goldan keyingi hujumchi tushirilishidan so'ng ham vaziyatni o'nglay olmadi. Nafaqat hisob, balki o'yinda ham "Navbahor" so'nggi daqiqalarda raqib darvozasi oldida vaziyatlar yarata olmadi. "Loko" esa qolgan daqiqalarni ishonchli o'tkazdi va butun o'yinni to'liq o'z nazoratida ushlab turdi.

"Navbahor"ning mehmondagi muvaffaqiyatsiz o'yinlari murabbiy o'zgargach ham tezda to'g'rilanmadi. Avvalgi "Navbahor" bilan Kanchelskis boshqaruvidagi jamoa o'rtasida kichik o'zgarish mavjud. Jamoa himoyaga ko'proq urg'u bergan holda, faqat qarshi hujum taktikasiga tayanib qolmoqda. Kanchelskisning debyutidagi g'alabali o'yinda ham namanganliklar qarshi hujumda raqib darvozasini ishg'ol etishgandi. Mo'minjonov paytidagi eng asosiy muammo to'p bilan o'ynash, pozicion hujumga o'tishdagi kamchiliklar kamaygani yo'q, aksincha ko'paygan desak ham bo'ladi.

To'g'ri, jamoa tarkibida bazi yo'qotishlar tufayli Kanchelskis majburiy o'zgarishlarga qo'l urishiga to'g'ri keldi. Ko'plab futbolchilar o'zlari uchun begona nuqtada, yangi poziciyada o'ynashdi. Ammo bu jamoaning pocizion hujum tashkil etishda oqsaganiga yoki umuman raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba berolmaganiga bahona bo'lolmaydi. O'yinda burilish yasagan vaziyat, Ro'zimboy Ahmedov o'rniga yarim himoyasi Dilshod Jabborovning tushirilishi bo'ldi. Aynan shundan so'ng "Navbahor" uzun paslar orqali ham, tezkor qarshi hujumlar evaziga ham oldinga o'tolmadi. Asosiy urg'u durang natijasini ushlab qolishga qaratildi va bu yakunda xato qaror bo'lib chiqdi.

Yangi murabbiy, yangicha qarashlar va umuman begona jamoa. Kanchelskisga baho berishga hali erta. Ayniqsa mavsum o'rtasida jamoani o'z qo'liga olish eng noqulay payt. SHu boisdan ham "Navbahor" o'yinida katta o'zgarishlarni kutishga hojat yo'q, chamamda. Kanchelskis mavsumni jamoa zaxirasidagi mavjud taktika va uslubidan foydalangan holda yakunlab qo'yishga intiladi. Yangi mavsumdan boshlab esa butkul yangi "Navbahor"ni ko'rsak ajab emas. Aynan o'shanda Kanchelskis imzosini kutsak va ko'rsak ajab emas.

"Lokomotiv" esa chempionlik bekati sari juda dadil odimlamoqda. Fyodorov yoqtirgan, "Loko"ning o'yinini bug'ib qo'ygan 5 himoyali joylashuvdan ko'ra, "temiryo'lchilar"ga 4-3-3 sxema ko'proq mos tushmoqda. Aynan shu taktik sxema oxirgi ikki o'yinda jamoaga muhim g'alabalarni taqdim etishiga asosiy ko'makchi bo'ldi.

Kechagi bahsda esa "Lokomotiv" munosib o'ynadi va g'alabaga ko'proq haqli ko'rindi. "Navbahor" esa durangni ko'zladi va natijada ortga quruq qo'l bilan qaytishiga to'g'ri keldi.


SHahboz Beg'amov — "Telegram" kanal

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика