So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  3 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi oltinchi kun. Yig'inga ikki futbolchi qo'shildi Yangiliklar

"Lokomotiv" kundaligi: Abu Dabidagi oltinchi kun. Yig'inga ikki futbolchi qo'shildi

BAA poytaxti Abu Dabida yangi mavsumning ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan "Lokomotiv" bugun ikki mahal shug'ullandi.

Kecha futbolchilar faqat ertalab trenajyor zalda shug'ullanib, tushdan so'ng murabbiylar shtabi jamoaga dam bergandi. 

Bugundan yana ikki mahal mashg'ulotlar boshlandi. Ikkala mashg'ulot ham futbol maydonida kechdi. Jamoamiz azolari har bir mashg'ulotga o'ta masuliyat bilan yondoshgan holda qattiq mehnat qilishyapti. Aytish mumkinki, jamoa yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rmoqda.

 

Bugungi mashg'ulotga ikki nafar futbolchi qo'shildi. O'tgan mavsumni "So'g'diyona" va "Buxoro"da o'tkazgan yarim himoyachi Davron Umirov bilan klubimiz futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Javohir Abdualimov. Aytish mumkinki, Umirov "Loko" bilan shartnoma imzoladi hamda ushbu mavsumni "temiryo'lchilar" safida o'tkazadi.

 

Kunduzgi mashg'ulotda asosiy etibor jismoniy holat bilan birgalikda to'pni to'g'ri nazorat qilish hamda aniq zarba berishga qaratildi, kechki mashg'ulotda esa asosan standart vaziyatlar ustida ishlandi. Eslatib o'tamiz, Abu Dabi yig'ini 15 yanvarga qadar davom etadi, shundan so'ng "temiryo'lchilar" Toshkentga qaytib OCHL pley-off bosqichi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan kechadigan bahsga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

 

Abu Dabidagi yig'in chog'ida "Loko" ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlabkisi 11 yanvar kuni SHotlandiyaning "Glazgo Reynjers" klubiga qarshi kechsa, ikkinchi nazorat bahsi 14 yanvarda Xitoyning "Jiangsu Suning" jamoasi bilan bo'ladi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика