So’nggi yangiliklar

14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  4 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4

“Lokomotiv” ko'rigida ruminiyalik Florin Kostya Yangiliklar

“Lokomotiv” ko'rigida ruminiyalik Florin Kostya

“Lokomotiv”ning Dubaydagi yig'iniga yangi futbolchi kelib qo'shildi. Ruminiyalik Florin Kostyaning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, u keyingi faoliyatini jamoamizda davom ettirishi mumkin.

To'liq ism-sharifi Florin Konstantin Kostya bo'lgan hujumchi 1985 yil Ruminiyaning Dregeshani shahrida tug'ilgan. Faoliyatining asosiy qismini Ruminiya chempionatida o'tkazgan Kostya umumiy hisobda 70 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Ruminiya terma jamoasi safida 6 ta bellashuvda maydonga tushgan.

“Lokomotiv” safida horijlik 1 ta himoyachi va 1 ta yarim himoyachi bor. Serbiyalik Nemanya Yanichich hamda gruziyalik Kaxi Maxaradze 2016 yilgi mavsumni “temiryo'lchilar” safida o'tkazishadi. “Lokomotiv” shuningdek yana bir nafar legioner bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu borada asosan hujum chizig'i vakillari ko'rikdan o'tishmoqda. Florin Kostyaga qadar CHernogoriya hamda Serbiya mamlakatlaridan tashrif buyurgan hujumchilar klub lagerida bo'lib qaytishgan, ammo ularning harakatlari maqul kelmagandi.

Florin Kostya futbol muxlislarimiz uchun nomi tanish bo'lgan “Universitatya”, “Styaua”, “CHFR”, shuningdek, Tulaning “Arsenal” klublari safida o'ynagan. Texnikasi yuqori bo'lgan Kostya hozir 30 yoshda. Undan talab qilinadigani “Lokomotiv” hujum chizig'ida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchilardan ustun ekanligini qisqa vaqt davomida ko'rsata olish. Legioner buning uddasidan chiqa olmasa, unga javob berib yuboriladi.

Toshkent vaqti bilan 12:00 da Florin Kostya “temiryo'lchilar” libosidagi birinchi mashg'ulotini o'tkazadi. 19:00 da esa katta ehtimol bilan Xitoyning “CHanchun Yatay” klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Qayd etish kerak, mazkur bellashuvda “Lokomotiv”ning milliy terma jamoaga nomzod olti nafar futbolchisi ishtirok etmaydi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика