“Lokomotiv” "Koniyaspor" bilan durang o'ynadi
25 iyu 2015 10:59
Yangiliklar


“Lokomotiv” "Koniyaspor" bilan durang o'ynadi
Avstriyada mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Lokomotiv” o'zining uchinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Turkiya superligasi vakili “Koniyaspor" klubi bilan kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Toshkent klubi safida yagona to'pni Lutfulla To'raev raqib darvozasiga kiritdi.
“Lokomotiv” Avstriya yig'ini doirasidagi o'zining navbatdagi uchrashuvini 26 iyul kuni BAAning "Al Ayn” klubiga qarshi o'tkazadi.
“Lokomotiv”ning Avstriyadagi o'rtoqlik o'yinlari:
18 iyul. “Lokomotiv” – “Makkabi Xayfa” (Isroil) 0:2
21 iyul. “Lokomotiv” – “Akhisar Belediyaspor” (Turkiya) 2:1
24 iyul. “Lokomotiv” – “Konyaspor” (Turkiya) 1:1
26 iyul. “Lokomotiv” – “Al Ayn” (BAA)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar