"Lokomotiv" keyingi mavsumni "Driver‘s Village" yozuvi tushirilgan futbolkalarda o'tkazadi
11 dek 2020 23:24
Yangiliklar


"Lokomotiv" keyingi mavsumni "Driver‘s Village" yozuvi tushirilgan futbolkalarda o'tkazadi
O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan "Lokomotiv" futbol klubining biznes hamkorlari yana bittaga ko'paygani haqida xabar bergandik.
Endilikda "Lokomotiv" PFK O'zbekistonda "GM Uzbekistan" avtomobillarini sotish va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha etakchi avtomarkazlardan biri "Driver‘s Village" MCHJ avtosalonlar markazi bilan ham biznes hamkorlik qiladi.
"Lokomotiv" PFK marketing ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHohruh Hojimetovning malum qilishicha, 2021 yilgi mavsum jamoa liboslarida "Driver‘s Village" yozuvi tushirilgan bo'ladi. Albatta, bu ham zamonaviy marketing turi. Bugun SHohruh Hojimetov "Driver‘s Village" MCHJ bosh direktori Farrux Abdullaev bilan uchrashib, tomonlar hamkorlik rejalarini muhokama qilib olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar