"Lokomotiv": Jurnalistlar diqqatiga!
03 may 2016 07:20
Yangiliklar
"Lokomotiv": Jurnalistlar diqqatiga!
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” 4 may kuni Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazadi. BAAning “Al Nasr” klubi bilan kechadigan bahs “temiryo'lchilar” uchun muhim ahamiyatga ega.
“Lokomotiv” bu o'yinda ijobiy natija qayd etgan taqdirda keyingi bosqich masalasini hal etadi . 4 may kungi bellashuv “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi va uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Ertaga, yani 3 may kuni odatga ko'ra har ikkala jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumani “Bunyodkor” stadioni konferenciyalar zalida soat 12:00da boshlanadi. Matbuot anjumaniga kelish istagida bo'lgan OAV xodimlari stadionga 4-darvozadan kirishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar